Özbekistonga 2 qop psixotrop olib kirişga uringan qirğizistonlik uşlandi
Keça, 22 iyun kuni Özbekistonga ikki qop psixotrop dorini olib ötişga uringan qirğizistonlik şaxs qölga olindi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Davlat çegara xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Botken viloyati Qadamjoy tumanining Dooçar hududida davlat çegara çiziğidan taxminan 100 metr uzoqlikda çegara patruli Qirğiziston Respublikasi fuqarosi, Ayriboz qişloğida yaşovçi 2000 yilda tuğilgan K.J. ni qölga olgan.
Uşbu şaxs Daewoo Tico avtomobilida Qirğiziston Respublikasidan Özbekiston Respublikasiga kuçli tasir qiluvçi preparatlar sirasiga kiruvçi ikki qop “Tropikamid” dori vositasini noqonuniy olib ötişga uringan.

U uşlangandan söng çegara patrullari Dooçar yönalişidagi atrof-muhitni közdan keçirgan va uşbu noqonuniy faoliyatga aloqador şaxslar tomonidan işlatilgan deb taxmin qilinayotgan skuterni topgan. Musodara qilingan dori vositalarining umumiy soni 1 ming 898 tani taşkil etgan. Yukning dastlabki qiymati 2,8 million qirğiz somidan ortiq (taqriban 384 mln söm) deb baholanmoqda.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan zarur tekşiruv tadbirlari olib borilmoqda. Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgandan söng qölga olingan fuqaro va musodara qilingan yuk keyingi suriştiruv işlari uçun vakolatli organlarga topşirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistondan Rossiya Federatsiyasiga 13 kg “geroin”ni örik qoqilari körinişida tranzit yöli orqali Buxoro viloyatidagi çegara-bojxona postidan yaşirinça olib ötmoqçi bölganlar qölga olingan edi.