Toşkentda 29 nafar hokimlik xodimi jinoyat sodir etgani aniqlandi
Toşkent şahrida 29 nafar hokimlik xodimi jinoyat sodir etgani aniqlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşining joriy yil 23 iyundagi “Toşkent şahar hokimligi korruptsiyaga qarşi içki nazorat xizmati tomonidan olib borilayotgan faoliyat, sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni aholiga yetkaziş, bunda, OAV va internet tarmoğidan foydalaniş holatlarini örganiş hamda natijalarini muhokama etiş töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Hujjatga köra, Toşkent şahri böylab hokimlik tizimida faoliyat yuritayotgan 29 nafar xodim jinoyat sodir etgani aniqlangan. Bundan taşqari, hokimlik xodimlari tomonidan jami 1 353 ta mamuriy huquqbuzarlik holatlari sodir etilgan bölib, ularning barçasi tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.
Mirobod, Çilonzor, Yunusobod va Yaşnobod tumanlari hokimlarining 4 nafar yordamçisi hamda Yakkasaroy tumani hokimining quriliş va ekologiya masalalari böyiça örinbosari – Obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği bilan korruptsiya va manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik yuzasidan yakka tartibda profilaktik suhbatlar ötkazilgan.
Qayd etilişiça, davlat xizmatçilarining tadbirkorlik bilan şuğullanişi va manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyişi eng oğriqli nuqtalardan biri bölib qolmoqda. Örganişlar natijasida 167 nafar xodimning tijorat taşkilotlarida iştiroki borligi aniqlangan. Uşbu holatlarni bartaraf etiş maqsadida quyidagi qatiy çoralar körilgan:
- 6 nafar xodimning 20 ta tadbirkorlik subektidagi tasisçilik faoliyati tugatilgan;
- 13 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan;
- 7 ta tijorat taşkiloti tugatiş jarayoniga ötkazilgan va 2 ta taşkilot davlat reyestridan çiqarilgan;
- 4 nafar xodimning rahbarlik lavozimlaridagi faoliyatiga çek qöyilgan.
Umumiy hisobda 49 nafar xodim bilan profilaktik suhbatlar ötkazilib, 55 nafariga nisbatan Odob-axloq komissiyalari tomonidan “ogohlantiriş” çoralari qöllangan.
2026 yilning yanvar oyida qabul qilingan qaror va farmoyişlarning 50,4 foizi “yaşirilgan” holda joylaştirilgan. Aprel oyiga kelib, oçiq elon qilingan qarorlar uluşi 67 foizga yetkazilgan. Şuningdek, Komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat xizmati tomonidan 350 ta qaror loyihasi körib çiqilib, ulardan 7 tasi rad etilgan, 153 tasi esa muvofiqlaştirilgan.
Örganişlar natijasida Toşkent şahar hokimligining zaxira jamğarmasidan yönaltirilayotgan mablağlardan 2 mlrd söm miqdoridagi mablağ tejalişiga erişilgan.
Işga qabul qiliş uçun tavsiya etilgan 83 nafar nomzoddan 75 nafari ijobiy xulosa olgan bölsa, 8 nafar nomzodning ötmişi yoki faoliyatidagi şubhali holatlar sababli ularga salbiy xulosa berilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Qarşi şahrida hokim yordamçisi kambağallikni qisqartiriş uçun ajratilayotgan kreditni fuqaroga rasmiylaştirib berişni vada qilib, 200 dollar pul talab qilgan vaqtda qölga olingandi.