Özbekistonda yoşlar asosan qayerlarda va qanday jinoyat sodir etyapti?
5-02-2026, 20:49
272 марта

Özbekistonda yoşlar asosan qayerlarda va qanday jinoyat sodir etyapti?
Yoşlar örtasida jinoyat sodir etib sudlanganlik holati Toşkent şahri va Toşkent viloyatlarida yuqori. Bu haqda keça, 4 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudida bölib ötgan matbuot anjumanida Oliy sud raisining birinçi örinbosari – Jinoyat işlari böyiça sudlov hayati raisi Alişer Usmonov malum qildi.Tahlillarga köra, 2025 yilda 23 973 nafar yoşlar (14-30 yoş) jinoyat sodir etib sudlangan bölib, bunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatlarida eng yuqori körsatkiç qayd etilgan.
Hisobot davrida firibgarlik, avtoavariya, öğrilik va giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlar eng köp sodir etilgan.
Malumot uçun, 2431 nafar voyaga yetmaganlar (14-17 yoş) öğrilik (972), bezorilik (152), talonçilik (101), örtaça oğir tan jarohati yetkaziş (73) va boşqa jinoyatlar sodir etgani uçun sudlangan.
Sudlar tomonidan 2023-2025 yillar davomida 128 310 ta sanktsiya va majburlov çoralarini qöllaş haqidagi iltimosnomalar körilgan.
Xususan, 72 425 ta şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaş haqidagi iltimosnoma körilgan bölib, şulardan 2431 tasi yoki 3,3 foizi rad qilingan, bu körsatkiç:
– 2023 yilda 22 135 ta körilib, 577 ta yoki 2,6 foiz;
– 2024 yilda 25 569 ta körilib, 593 ta yoki 2,3 foiz;
– 2025 yilda 24 721 ta körilib, 1 261 ta yoki 5,1 foizni taşkil etgan.