Dunyoning yangi “xöjayini”. Xitoy AQŞ va Rossiyani qanday tiz çöktirdi?
Xitoy dunyoni egallyapti. Buning uçun u qayergadir hujum qilmayapti, raketalar yoki tanklardan foydalanmayapti, şunçaki miyani işlatyapti. "Qarz tuzoği diplomatiyasi" sabab hatto qöşni Tojikiston ham Singapur davlatiga ikkita keladigan öz yerlarini Xitoyga ötkazib berdi. Xitoy şu darajaga yetdiki, bir paytlar uni sindiriş uçun sanktsiyalar joriy qilgan Tramp maqsadiga erişiş uçun AQŞning eng yirik tadbirkorlarini ham oldiga solib Si Tszinpin huzuriga kelyapti. Dunyoning yana bir qudratli davlati sifatida köriladigan Rossiya ham çin ölkasiga najot izlab keldi. Bular şunçaki tasodif deb öylaysizmi? Yöq! Yer yuzining birinçi raqamli mamlakati nomini oliş uçun AQŞ va Rossiya yillar davomida turli jabhalarda kuraşgan bölsa-da, bugun har ikki mamlakat yetakçisi Si Tszinpin oldida iltifot bilan kulib turişga, delegatsiyasiga eng zörlarini yiğib kelişga majbur bölayotgan ekan, dunyo lideri kim degan savolga javob izlaş şartmasdek körinyapti. Xitoyning rivojlanişi alohida örganilişi kerak bölgan mavzudir. Şu sabab bugungi mavzuga qöl urdik.
Jurnalist sifatida har bir qilingan iddaoga fakt körsatiş kasbiy majburiyatimdir. “Xitoy dunyoni egallyapti” degan gapni ham şunçaki xitoyça yozilgan reklama bannerlari köpaygani yoki xitoyliklar soni oşayotgani uçun aytmayapmiz. Sözimizga isbotni rad etib bölmas faktlar zanjiri, iqtisodiy qaramlik xaritalari va global miqyosdagi boşqaruv riçaglari orqali körsatamiz.
1-Isbot: Xitoy dunyo iqtisodiyotini qamrab olgan
“Made in Çina” yozuvini körganida ayrimlarning xayoliga arzon va nisbatan sifatsizroq mahsulotlar kelişi mumkin. Ammo real hayotda ham şundaymi? Yöq. Masalan, Xitoyda işlab çiqiladigan juda köp tovarlarga “Made in …” deb köpgina rivojlangan davlatlarning nomi yoziladi. Ularning orasida köpçilik uçun obrö manbaiga aylangan Ayfonlar ham bor. Dunyodagi eng yirik Ayfon zavodi Xitoyning Çjençjou şahrida joylaşgan bölib, uni iqtisodçilar "Ayfon City" deb ataydi. Bu yerde bir kunda 500 mingdan ortiq “Ayfon” yiğiladi. Smartfon tarkibidagi butlovçi qismlarning, yani kameralar, akkumulyatorlar, şişa panellar va korpuslarning kamida 50 foizi töğridan-töğri Xitoy içidagi yetkazib beruvçilar tomonidan işlab çiqariladi. Apple butun işlab çiqarişini Hindiston yoki Vetnamga köçirmoqçi bölayotgani haqida köp gapiriladi. Lekin iqtisodiy tahlillar şuni körsatadiki, agar Xitoy zavodlari butunlay töxtasa, Apple zanjiri uziladi. Çunki mikroskopik vintlardan tortib, ekran modellarigaça bölgan minglab detal yetkazib beruvçilar faqat Xitoyda. Yani agar Xitoy bu öyindan çiqsa, Ayfon işlab çiqariş 90 foizga töxtab qoladi.
Bugun Ğarb Tesla, BMW, Mercedes elektromobillariga ötiş orqali ekologiyani qutqarmoqçi va kelajakni boşqarmoqçi. Biroq, ularda bitta katta ahamiyatga ega fakt bor! Xitoysiz bitta ham elektromobil joyidan jila olmaydi. Sababini tuşuntiraman.
Elektromobil tannarxining 40 foizini uning batareyasi taşkil qiladi. Dunyodagi litiy-ionli batareyalar işlab çiqariş quvvatining 75 foizdan ortiği Xitoy hisobiga töğri keladi. CATL va BYD kompaniyalari dunyoni batareya bilan taminlaydi. Yana Xitoyning qölida noyob metallar monopoliyasi ham bor. Batareya va elektromobil motorlari uçun eng muhim materiallar — litiy, kobalt, grafit va nodir yer elementlaridir. Xitoy dunyodagi grafitning deyarli 70 foizini qazib oladi va dunyodagi nodir yer metallarini qayta işlaşning 90 foizini mutlaq nazorat qiladi. Tuşunyapsiz-a? Ilon Mask yoki Ğarb avtogigantlari qançalik milliarder bölişmasin, Xitoy öz zavodlarini yopsa yoki metallar eksportiga çeklov qöysa, dunyoda elektromobil sanoati taqa-taq töxtaydi. Qarang, Xitoy qay darajaga yetgan. Hali Ilon Mask qaramligiga yana qaytamiz.
Xitoyning kuçini körsatadigan eng dahşatli va köpçilik bilmaydigan yana bir soha bor — tibbiyot! Ğarb özining zamonaviy şifoxonalari va dorilari bilan maqtansa-da, ularning xomaşyosi Xitoydan keladi. Dorining asosi hisoblangan va unga şifobaxş xususiyat beruvçi kimyoviy moddalarning dunyodagi eng yirik işlab çiqaruvçisi Xitoydir. AQŞ va Yevropa Ittifoqida sotiladigan eng ommabop dorilar — antibiotiklar, oğriq qoldiruvçi vositalar va qon bosimiga qarşi dori xomaşyosining 80 foizi Xitoydan import qilinadi.
Xitoy zavodlari bor-yöği bir neça haftaga dori asoslarini yetkazişni töxtatsa, Ğarb kasalxonalari dori-darmonsiz qoladi. Oddiy operatsiyalar asoratli infektsiyalar sababli ölim bilan yakunlanişi mumkin. Bu şunçaki iqtisodiy inqiroz emas, gumanitar halokatga olib keladi. Tuşunyapsiz-a? Davom etamiz.
Dunyoda infratuzilma va qurilişni Xitoy metallurgiyasisiz tasavvur qilib bölmasligini navbatdagi fakt sifatida qabul qilişingiz mumkin. Xitoy dunyodagi jami pölat va tsementning 50 foizdan ortiğini yakka özi işlab çiqaradi. Ğarbdagi osmonöpar binolar, köpriklar va yöllarning tannarxi Xitoy metallining narxiga töğridan-töğri boğliq. Kelajak energiyasi hisoblangan quyoş panellarining dunyo böyiça 80 foizdan ortiği Xitoyda tayyorlanadi. Ğarb "yaşil energiya"ga ötiş strategiyasini töliq Pekindan sotib olyapti.
Ğarb siyosatçilari minbarlarda turib Xitoyga sanktsiyalar qöllaş, iqtisodiy aloqalarni uziş haqida çiroyli nutqlar sözlaşadi. Ammo bu şunçaki siyosiy ritorika. Haqiqat şundaki, Xitoy zamonaviy dunyo tsivilizatsiyasining poydevoriga özining 'iqtisodiy mixlari'ni şunday çuqur qoqqanki, ularni suğurib oliş poydevorning özini qulaşiga olib keladi. Dunyo Xitoyda yiğilgan telefondan foydalanyapti, Xitoy metallidan qurilgan uylarda yaşayapti, Xitoy xomaşyosidan tayyorlangan dorilar bilan yer ahli davolanyapti. Bugun dunyoning 'Yuragi' Amerikada yoki boşqa bir gigant davlatda urayotgandek körinişi mumkin, ammo endi siz juda köp narsa Pekinga boğliq ekanini bilasiz.
2-isbot: Global qarz qopqoni
Bugungi kunda Xitoy dunyoning eng yirik rasmiy kreditoriga aylanib ulgurdi. U Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamğarmasini birgalikda qöşib hisoblagandan ham köproq qarz tarqatgan va bu pul oqimi dunyoning 150 ga yaqin davlatini öz içiga olgan "Bir makon, bir yöl" loyihasi doirasida harakatlanadi. Şartnomalarning mayda harflarida yaşiringan bandlar esa vaqti kelib davlatlarning suverenitetini bölaklab yuborişga xizmat qiladi. Hatto davlatlar pullarni qaytarolmay öz yerlarini Xitoyga ötkazib beryapti. Şu örinda sizni “nega aynan Xitoydan qarz olişadi” degan savol öylantirgandir. Bunga ham javob tayyor.
Tasavvur qiling, bir kambağalroq yoki rivojlanayotgan davlatda yangi temir yöl, ulkan köprik yoki elektr stantsiyasi quriş kerak, lekin xazinada pul yöq. Tabiiyki, ular moliyaviy kömak qidirib xalqaro maydonga çiqadi. Bu yerda ularni ikki xil yöl kutib turadi. Agar ular Ğarb davlatlari yoki Xalqaro Valyuta Jamğarmasi eşigini qoqqudek bölsa, u yerdagilar pul berişdan oldin yuzlab oğir şartlarni köndalang qöyadi. Davlatingda korruptsiyani yöqot, matbuotga erkinlik ber, davlat xarajatlarini qisqartir, qonunlaringni şaffof qil va hokazo. Talablarni bajariş va tekşirişlar yillab çözilişi mumkin. Aynan mana şu bosqiçda sahnaga Xitoy kirib keladi. Pekin ğoyat aqlli va jozibador ohangda taklif beradi. "Bizga sizning içki siyosatingiz, inson huquqlari yoki mamlakatingizdagi korruptsiya darajasi qiziq emas. Biz hamkorlikka tayyormiz, mana sizga söragan milliardlab dollarlaringiz, mana bizning tayyor quruvçilarimiz, işni boşlaymizmi?"
Tuzoq pullarning qanday berilişida yaşiringan. Xitoy qarz oluvçi davlatning qöliga heç qaçon naqd pul tutqazmaydi. U özining davlat banklaridan pul ajratadi, bu pul töğridan-töğri Xitoyning öziga tegişli ulkan quriliş kompaniyalariga ötkaziladi. Keyin esa öşa loyihani amalga oşiriş uçun Xitoydan pölat, oğir texnika va hattoki minglab işçilar kelib, obektni qurib bitkazadi. Yakunda qarz olgan davlatga xitoyliklar qurgan obekt qoladi yonida qoğozdagi ulkan qarz bilan. Pul esa Xitoydan çiqib, aylanib öz poytaxtiga qaytib ketadi.
Bu jarayonning eng birinçi va yorqin qurboni Şri-Lanka böldi. Mamlakat Xitoydan olgan milliardlab dollarlik qarzlarini qaytara olmay qolgan lahzada, Pekin şartnoma şartlarini işga soldi. Oqibatda, Şri-Lanka Hind okeanidagi eng strategik nuqtada joylaşgan "Hambantota" dengiz portini va uning atrofidagi 6 ming gektar yerini Xitoyga 99 yilga mutloq nazorat va ijaraga topşirişga majbur böldi. Endi u yerda Xitoyning körinmas harbiy va iqtisodiy bazasi şakllandi.
Xuddi şu stsenariy Pokistonda ham takrorlanmoqda. Xitoy bu davlatga 65 milliard dollardan ortiq sarmoya va qarz kiritdi.
Evaziga esa Pokistonning eng muhim strategik obekti — Gvadar çuqur dengiz porti 40 yilga Xitoy kompaniyalari boşqaruviga ötdi.
Bugun Xitoy Yaqin Şarqdan sotib olayotgan neftini AQŞ floti nazorat qiladigan xavfli dengiz yöllaridan emas, aynan mana şu Gvadar porti orqali quruqlikdan töğri öz zavodlariga olib ketyapti.
Agar Laos davlatiga qarasak, u yerda vaziyat yanada dramatik. Xitoy öz çegarasidan Laos orqali ötuvçi 6 milliard dollarlik tezyurar temir yöl qurdi. Bu raqam kiçik Laosning butun boşli yillik yalpi içki mahsulotining deyarli yarmini taşkil qilardi. Davlat qarz botqoğiga botgaç, özining milliy elektr tarmoqlarini, yani butun mamlakatning energetika tizimini nazorat qiliş huquqini Xitoy davlat kompaniyasiga berib yuboriş orqali jon saqlab qoldi. Afrikada esa Zambiyaning mis konlari, Kongoning elektromobillar uçun hayot-mamot hisoblangan kobalt va litiy konlari allaqoçon töliq Pekin qöliga ötib bölgan.
Tabiiyki, köpçilikni Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoydan qança qarzi borligi qiziqtiradi. Markaziy Osiyo – Xitoyning “Bir makon, bir yöl” loyihasining quruqlikdagi eng asosiy darvozasi hisoblanadi. Şu sababli, mintaqa davlatlarning Xitoy oldidagi qarzlari va iqtisodiy tobeligi turliça.
Tojikistonda öta yuqori risk darajasi mavjud. Çunki mamlakat umumiy taşqi qarzining qariyb 40 foizdan ortiği, taxminan $1,5 mlrd qismi aynan Xitoyning Eksimbankiga töğri keladi. Tabiiyki, buning oqibatlari ham jiddiy böldi. 2011 yilda Tojikiston Xitoyga qarz evaziga 1158 kvadrat kilometr hududni rasman ötkazib berdi. Berilgan yerlar Tojikistonning eng çekka şarqiy qismida – Toğli-Badaxşon muxtor viloyatining Murğob tumanida joylaşgan. Taqqoslaş uçun, Xitoyga berilgan yer deyarli Singapur davlatining maydonidan ikki barobar katta. Bu Tojikiston umumiy hududining qariyb 1 foiziga yaqinini taşkil qiladi. Qolaversa, mamlakatdagi yirik “Yuqori Kumarg” oltin konini qaziş huquqini ham Xitoy kompaniyalariga ötkazib bergan.
Qirğizistonda qarzdorlik kritik darajada deb tariflanadi. Çunki bu mamlakatning ham umumiy taşqi qarzining qariyb 38-40 foizi, taxminan $1,8 mlrd atrofidagi qismi aynan Xitoyga töğri keladi. Qarzlar asosan şimol va janubni boğlovçi yöllar, Bişkek issiqlik elektr markazini modernizatsiya qilişga sarflangan. Mamlakat rasmiylari bir neça bor agar qarzlar öz vaqtida tölanmasa, strategik obektlar, masalan, temir yöllar yoki elektr tarmoqlari Xitoy nazoratiga ötişi mumkinligidan xavotir bildirişgan.
Turkmanistonning qarzlari xalqaro AidData malumotlariga köra, 12,2 milliard dollarni taşkil qiladi. Mamlakat Xitoydan asosan özining ulkan gaz konlarini özlaştiriş va Xitoyga çiquvçi 4000 kilometrlik gaz quvurlari infratuzilmasini quriş uçun katta miqdorda qarz olgan. Turkmaniston bu qarzlarni Xitoyga bepul gaz yetkazib beriş, yani barter orqali tölamoqda. Garçi qarzning asosiy qismi yopilgani aytilsa-da, eksport qilinayotgan gazning deyarli barça daromadi qarz hisobidan uşlab qolinişi mamlakat iqtisodiyotini Xitoyga töliq boğlab qöygan.
2025 yil 1 yanvar holatiga köra, Qozoğistonning taşqi qarzi 165 milliard 630 million dollarni taşkil etdi. Buning 91 milliard dollardan ortiği – töğridan-töğri investitsiyalardir. Davlat qarzi katta bölmasa-da, Qozoğistonning neft va gaz sohasidagi davlat kompaniyalari Xitoy banklaridan milliardlarça dollar qarz olgan. 13,2 milliard dollar – banklarning qarzi, 12,7 milliard dollar – davlat boşqaruvi organlarining qarzi. Qolgan 45,5 milliard dollarlik qarz boşqa sektorlarga tegişli.
Özbekiston taşqi qarzlarini diversifikatsiya qilgan, yani qarzlar faqat bir davlatdan emas, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va xalqaro obligatsiyalar orqali olingan. Va bu miqdor deyarli 83 milliard dollarga teng. Xitoy taraqqiyot banki va Eksimbankidan olingan qarzlar umumiy qarz portfelining taxminan 10-15 foizi atrofini taşkil qiladi. Özbekistonda Tojikiston yoki Qirğizistondagi kabi kritik qaramlik yöq, biroq energetika va transport sohasidagi loyihalarda Xitoy kapitali uluşi muttasil ösib boryapti.
3-Isbot: Xalqaro taşkilotlardagi "Xitoy odamlari"
Xitoy dunyoni faqatgina zavodlar yoki qarzlar bilan böğayotgani yöq.
U xalqaro huquq, global standartlar va dunyo siyosatini parda ortidan boşqariş uçun eng nufuzli minbarlarni içkaridan turib egallaş taktikasini mukammal darajaga olib çiqdi. Amerika rasmiylari BMT minbarlarida şunçaki balandparvoz nutqlar sözlab, ommaviy "Veto" huquqini işlatiş bilan band bölgan bir paytda, Pekin sukunat saqlab, taşkilotning eng muhim "dvigatellari" — ixtisoslaşgan agentliklari rahbarligiga öz odamlarini joylaştirişni boşladi. Maqsad aniq: dunyo qoidalarini Xitoy manfaatlariga moslab qayta yoziş.
Buning eng yorqin isboti sifatida BMTning törtta ulkan agentligini körsatiş mumkin. Masalan, dunyo böylab qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qiluvçi Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti uzoq yillar davomida Xitoy qişloq xöjaligi vaziri örinbosari bölgan Tsyuy Dunyuy tomonidan boşqarildi. U uşbu lavozimga kelgaç, taşkilot resurslarini Xitoyning "Bir makon, bir yöl" loyihasini qöllab-quvvatlaşga yönaltirdi. Xuddi şunday, dunyodagi jami aviareyslar xavfsizligi va havo yöllari qoidalarini belgilovçi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti rahbarligiga xitoylik diplomat Fan Lyu kelganida, u Xitoyning aşaddiy duşmani bölgan Tayvanni xalqaro aviatsiya xaritalaridan va yiğilişlaridan butunlay çetlaştirişga erişdi. Global internet, 5G standartlari va kibermakon qoidalarini belgilaydigan Xalqaro elektraloqa ittifoqini esa xitoylik muhandis Xoulin Çjao boşqardi. U global internet ustidan davlat nazoratini kuçaytiriş ğoyasini ilgari surdi — bu Pekinning içki tsenzura siyosatini dunyoga yoyiş uçun ayni muddao edi. Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti esa yillar davomida Li Yong nazorati ostida böldi va rivojlanayotgan davlatlarga Xitoy sanoat modellarini singdirdi.
Uşbu yaşirin kadrlar siyosatining eng dahşatli va qonli oqibatini butun insonniyat 2020 yilda boşlangan koronavirus pandemiyasi davrida öz tanasida his qildi. Millionlab insonlarning umriga zomin bölgan, global iqtisodiyotni falajlab, insonniyatni uylariga qamab qöygan virus öçoği aynan Xitoyning Uxan şahri ekani heç kimga sir emas edi. Ammo fojia boşlangan ilk haftalarda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va uning rahbari Tedros Adanom Gebreyesus özini qanday tutdi?
JSST rahbariyati Xitoy hukumatini Uxandagi vaziyatni va virusning odamdan odamga yuqişini yaşirgani uçun oçiq tanqid qiliş örniga, Pekinga maqtovlar yoğdirdi. Ular virusning xavf darajasini global favqulodda holat deb elon qilişni hatto keçiktirişdi, davlatlarga Xitoy bilan çegaralarni yopmaslikni tavsiya qilişdi. Nima uçun? Çunki Pekin yillar davomida JSSTning eng yirik moliyaviy donoriga aylangan edi. Eng asosiysi, JSST rahbari Tedros asli efiopiyalik bölib, Xitoy Efiopiya iqtisodiyotiga milliardlab dollar qarz va sarmoya kiritgan, Tedrosning uşbu lavozimga saylanişida esa BMTdagi butun boşli "Afrika ovoz beriş bloki"ni Pekin parda ortidan boşqargan edi. Yani, JSST rahbari Xitoyga şunçaki siyosiy qarzdor edi. Oqibatda, xalqaro taşkilotning sukunati va Pekin hisobotlariga kör-körona işonişi dunyoga millionlab qurbonlar va trillionlab dollar iqtisodiy zarar keltirdi.
Vaziyatga sodda va tahliliy xulosa beradigan bölsak, Ğarb dunyosi va AQŞ xalqaro maydonda hamon eski imperiyaçilik uslubida harakat qilmoqda. Vaşington BMT Xavfsizlik Kengaşida öziga yoqmagan qarorlarni şunçaki "Veto" huquqini işlatib, kuç bilan töxtatib qolişga urinadi. Bu esa dunyo hamjamiyatida faqatgina agressiya va norozilik uyğotadi.
Xitoy esa butunlay boşqaça, ança ayyorona yöl tutdi. U BMTda bitta veto tugmasini bosiş örniga, öziga butun boşli ovoz beruvçi bloklarni böysundirib oldi. Pekin Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning önlab kambağal davlatlarini öziga qarz qilib qöyiş, ularning infratuzilmasini sotib oliş orqali bu davlatlarning BMTdagi suveren ovozini amalda tortib oldi. Bugun BMT Boş Assambleyasida Şinjon uyğurlari kamsitilişi, Gonkongdagi inson huquqlari toptalişi yoki Tayvanning maqomi masalasida ovoz beriş ötkazilsa, AQŞ va Yevropa yolğiz qolib ketmoqda. Çunki Xitoy qaysi tugmani bosişni buyursa, öşa zahoti Afrikadagi 40 ta, Lotin Amerikasidagi 20 ta davlat heç qanday etirozsiz öşa tugmani bosib beradi.
Xitoy dunyoni uruş bilan emas, xalqaro tizimlarning makkorona qonuniyatlarini öziniki qiliş orqali parda ortidan jimgina boşqarmoqda. Qarang, Xitoy qay darajaga yetdi.
Amerika canktsiyalari va tiz çökkan milliarderlar
Donald Tramp 2017–2021 yillardagi birinçi prezidentligi davrida Xitoyga qarşi tarixdagi eng yirik savdo uruşini boşladi. U Xitoydan kirib keladigan 350 milliard dollarlik mahsulotlarga ulkan bojlar joriy etdi, Huawei kabi texnologik gigantlarni qora röyxatga “tiqdi”.
Bu orqali Tramp Pekinning rivojlanişini töxtatiş, AQŞning Xitoy sabab savdodan körayotgan ulkan zararini kamaytiriş va Xitoy içidagi Amerika sanoatini vataniga qaytarişni közladi. Eng asosiysi — Xitoyning suniy intellekt va mikrosxemalar böyiça dunyo gegemoniga aylanişiga tösqinlik qiliş edi. Ammo… lekin… biroq… Ğarb siyosatçilari strategik ğalaba haqida jar solişgan bölsa-da, iqtisodiy reallik boşqaça bölib çiqdi. Yutqazganlar Amerika istemolçilari böldi. Çunki Xitoy tovarlari qimmatlaşdi. Bu orada esa Xitoy özining texnologik mustaqilligini tezlaştirdi. AQŞ bloklagan yarimötkazgiç va çiplarni özi işlab çiqarişga majbur böldi va Ğarb texnologiyalariga qaramlikni kamaytirdi.
Vaqt — eng oliy hakam. Öz vaqtida Xitoyni "duşman" deb atagan Donald Tramp, 2026 yilning 13-15 may kunlari özining ikkinçi prezidentlik muddati doirasida Pekinga rasmiy davlat taşrifi bilan keldi. Bu uning 2017 yildan beri Pekinga ilk qadami edi.
Tramp Xitoyga şunçaki diplomatlar bilan emas, balki umumiy boyligi qariyb 1 trillion dollarga yetadigan Amerikaning eng qudratli 17 ta top-milliarderlari va texnologik "qirollari" bilan keldi. Tramp bilan birga Tesla va SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask va dunyo AI çiplari qiroli, Nvidia kompaniyasi direktori Djensen Xuang prezident samolyoti bortida uçib keldi. Ularga Pekinda Apple direktori Tim Kuk, Larri Fink, Devid Solomon kabi “Wall-Street” va Silikon vodiysi gigantlari qöşildi. Heç öylab kördingizmi, Milliarderlarni Pekinga nima boşlab keldi? Nima uçun kapital egalari Pekinga yugurişmoqda? Çunki kapitalizmda vatan yöq, unda faqat manfaatlar bor. Keling, 2 ta yirik tadbirkor misolida vaziyatga yana ham aniqroq baho beramiz.
Maskning yuragi Pekin qölida
Ilon Mask uçun Xitoy şunçaki "yirik bozor" emas. Xitoy — uning işlab çiqariş imperiyasining poydevori. 2019 yilda Şanxayga qurilgan Gigafactory Şanghai bugun Tesla uçun hayot-mamot markazi hisoblanadi. Tesla dunyo böylab sotayotgan har ikkita elektromobilining bittasi aynan Şanxoydagi zavodda işlab çiqariladi. AQŞ Xitoyga qarşi sanktsiyalar elon qilib, Amerika biznesini u yerdan çiqib ketişga çaqirayotgan bir paytda, Mask öz zavodini kengaytiriş bilan band. Çunki u Xitoydagi kabi mukammal taminot zanjiri va robotlaşgan infratuzilmani dunyoning boşqa heç bir nuqtasida, hatto AQŞning özida ham hozirça qurib bölmasligini yaxşi biladi.
Xitoyning BYD va Xiaomi kabi milliy gigantlari bugun Teslani burçakka qisib qöymoqda. BYD allaqoçon global savdo hajmi böyiça Tesladan özib ketdi va eng asosiysi — xitoyliklar elektromobillarni ança arzonroq va innovatsionroq işlab çiqarişmoqda. Buni Maskning özi 2024 yil boşida investorlar bilan uçraşuvda oçiq tan olgan edi: "Agar savdo tösiqlari (sanktsiyalar) örnatilmasa, Xitoy elektromobil kompaniyalari dunyodagi deyarli barça raqiblarini yöq qilib taşlaydi", degan edi u.
Mask Xitoy bilan qarama-qarşilik uning maşinalari batareyasiz qoldirişi mumkinligini yaxşi biladi. Sababini dastur avvalida aytib ötdim. Ajoyib! Dunyoni öz loyihalari bilan lol qoldirayotgan, yer yuzidagi birinçi trillioner, hatto Oq uy bilan bahslaşişgaça borgan, mamlakat prezidenti Tramp bilan aytişişgaça bora olgan Mask Pekinga kelganda itoatkor va ehtiyotkor tadbirkorga aylanişga majbur! U Xitoy Kommunistik partiyasi çizib bergan qizil çiziqlaridan heç qaçon ötmaydi. Nima uçun? Çunki u özining Marsni zabt etiş haqidagi kosmik orzulari va Tesla imperiyasi faqatgina Vaşington qarorlariga emas, Pekindagi bitta imzoga ham boğliq ekanini juda yaxşi biladi. Qarang, Xitoy qay darajaga yetgan!
Kapitalizmda vatan yöqligi va uning faqat geosiyosiy çegaralarni tan olmaydigan manfaatlarga suyanişi haqidagi navbatdagi eng dramatik misol — bu Nvidia kompaniyasi va unga afsonaviy rahbari Djensen Xuangdir. Bugun dunyo smartfonlar yoki elektromobillar uçun emas, balki suniy intellekt (AI) tizimlarini harakatga keltiradigan eng qudratli neyroçiplar uçun parda ortida şafqatsiz uruş olib boryapti. Va bu uruşning mutloq qiroli — Nvidia. Biroq, bu imperiyaning taqdiri hozirda Vaşington sanktsiyalari va Pekin pullari örtasidagi xavfli muvozanat ustida turibdi.
AQŞ hukumati va Oq uy strateglari Xitoyning harbiy hamda texnologik jihatdan özib ketişini töxtatişning eng qisqa yölini topdi: Ajdahoni "miyasiz" qoldiriş. Vaşington Nvidia kompaniyasiga özining eng ilğor va dunyoni hayratga solayotgan A100, H100 hamda Blackwell seriyasidagi suniy intellekt çiplarini Xitoyga sotişni qonunan mutloq taqiqlab qöydi. Maqsad — Xitoyning Tencent, Alibaba va Baidu kabi gigantlariga öz superkompyuterlari va suniy intellekt modellarini rivojlantirişga yöl qöymaslik edi.
Ammo Djensen Xuang uçun bu taqiq vatanparvarlik burçi emas, balki kompaniya kelajagiga berilgan dahşatli zarba edi. Çunki Xitoy — Nvidia umumiy daromadining çorak qismini (20-25 foizini) taminlaydigan hamkordir. Bu bozorni yöqotiş şunçaki aktsiyalar tuşişi emas, milliardlab dollarlik sof foydadan mahrum böliş va kelajakdagi eng yirik platformani raqiblarga boy beriş böladi.
Şu sababli, Djensen Xuang ğoyat ayyorona qadamlarni taşlaşga majbur böldi. Oq uy sanktsiyalarini oçiqçasiga buzolmagan milliarder ularni aylanib ötişning huquqiy va texnik yöllarini qidira boşladi. Nvidia muhandislari keçani-keça, kunduzni-kunduz demay, faqat Xitoy bozori uçun maxsus, "kuçsizlantirilgan" çiplar guruhini, masalan, H20, L20 va L2 modellarini işlab çiqdi. Bu çiplarning işlaş tezligi va quvvati AQŞ hukumati qöygan çeklov çiziqlaridan millimetr pastroq qilib sozlangan, yani qonunan taqiqlanmagan, ammo Xitoy kompaniyalarining tirikçiligini ötkazişga yetarli edi.
Biroq, bu "muşuk-siçqon" öyinining geosiyosiy oqibatlari yanada keskin tus olmoqda. Djensen Xuang Vaşingtondagi siyosatçilarni oçiqçasiga ogohlantirdi.
"Agar siz Xitoyni Amerika çiplaridan mahrum qilsangiz, ular özlarinikini yaratişga majbur böladi. Xitoyda buni qila oladigan istedod va resurslar yetarli", dedi u.
Va bu tahlil bugun özini oqlamoqda. Vaşington sanktsiyalari Xitoyning Huawei kabi milliy brendlarini özlarining AI çiplarini Ascend seriyasini mustaqil işlab çiqarişga majburladi. Endilikda Xitoy kompaniyalari Nvidia’ning kuçsizlantirilgan çiplaridan köra, özlarining milliy mahsulotlariga sarmoya kiritişni afzal körmoqda. Bu esa Djensen Xuang uçun qöşaloq mağlubiyat xavfini tuğdiradi. U ham Xitoy bozoridagi monopoliyasini yöqotmoqda, ham öz qöllari bilan AQŞ texnologiyalariga muhtoj bölmagan yangi xitoylik raqibni tarbiyalab yetiştirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Milliarder siyosatçilarning geosiyosiy ambitsiyalari sabab milliardlab dollarlik bozorni qurbon qilişni xohlamaydi. U Xitoy iqtisodiy qudrati bilan hisoblaşişga, kerak bölsa Vaşington bosimiga qaramay, Pekin uçun maxsus "yumşoq" şartnomalar tuzişga doim tayyor. Qarang, Xitoy qay darajaga yetgan!
Darvozasiga AQŞ prezidenti katta şaxslar bilan boş urib kelganining sababini Xitoy juda yaxşi bilar edi. Va vaziyatdan aqlli qarorlar bilan foydalandi. Parda ortida keçgan jang haqida maxsus material ham tayyorlaganmiz. Uni ekraningizda paydo bölgan sarlavha orqali qidirib tomoşa qilişingiz mumkin.
Kremlning Pekindagi missiyasi: Putinga Xitoydan nima kerak edi?
Trampning ketidan Putin ham Pekin ostonasiga boşini urgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 19-20 may kunlari yirik va nufuzli delegatsiya hamrohligida Xitoyga uyuştirgan davlat taşrifi oddiy diplomatik uçraşuv emas, balki Ğarb sanktsiyalari qurşovida qolgan Moskva uçun hayot-mamot masalasidek dahşatli ahamiyatga ega edi. Putinga hamrohlik qilgan 39 kişilik delegatsiya tarkibiga 5 nafar boş vazir örinbosari, 8 nafar federal vazir, yirik davlat korporatsiyalari rahbarlari va eng boy rus oligarxlarining kiritilgani safarning kölamidan darak beradi.
Ğarb moliya tizimidan uzib qöyilgan Rossiya uçun iqtisodiy inqirozdan qutulişning yagona yöli Xitoy bozoriga butunlay boğlaniş edi. Moskva özining ulkan energetika resurslari — neft va gazini Pekinga arzon narxlarda pullaş evaziga Xitoydan yuqori texnologiyalar, maişiy texnika va eng muhimi, mikroçiplar olişni maqsad qilgan. Rossiya delegatsiyasi özaro savdo aylanmasini rekord darajadagi 200 milliard dollardan oşiriş va eng asosiysi — Ğarb nazorat qila olmaydigan rubl hamda yuan asosidagi bank hisob-kitob tizimini uzil-kesil mustahkamlab olişni istadi.
Garçi Xitoy Ukrainadagi uruşda rasman neytral ekanini va Rossiyaga qurol bermayotganini davo qilsa-da, Kreml delegatsiyasi parda ortida harbiy-texnik hamkorlikni çuqurlaştirişni sörab bordi. Rossiya armiyasiga uruş maydonida havo tomçilaridek zarur bölgan dron texnologiyalari, harbiy maqsadlarda ham işlatsa böladigan "ikki yoqlama mahsulotlar" yetkazib beriş zanjirini uzluksiz taminlaş safarning eng maxfiy va muhim bandlaridan biri bölgani dunyo mediasida yoritildi.
Ikki kunlik qizğin muzokaralar yakunida Vladimir Putin va Si Tszinpin jami 42 ta kelişuv va ikkita öta muhim global hujjatni imzoladi. Rus delegatsiyasi özi xohlagan köplab maqsadlariga erişgandek körinsa-da, bu kelişuvlarning parda ortidagi natijasi Rossiyani Xitoyga yanada qaram qilib qöydi. Birgina misol: Rossiya va Xitoy örtasidagi savdo hisob-kitoblari deyarli 100 foiz rubl va yuanga ötkazildi. Bu dollar tasiridan qoçiş imkonini bersa-da, amalda Rossiya iqtisodiyotini Xitoy valyutasiga töğridan-tögöri qaram qilib qöydi.
"Rossiya delegatsiyasining Pekindagi har bir qadami Ğarbga qarşi qaratilgan şiddatli namoyiş edi. Moskva özini Xitoy bilan teng huquqli, dunyoni qayta bölişayotgan qudratli şerik qilib körsatişga urindi. Ammo haqiqat şundaki, Ğarb eşiklarini yopgan Rossiya bugun çorasizlikdan Xitoy şartlariga könişga majbur. Moskva AQŞ va Yevropa sanktsiyalariga qarşi kuraşda Pekinni qalqon qilmoqçi. Xitoy esa bu çorasizlikdan foydalanib, Rossiyani özining ulkan va arzon energetika "koloniyasi"ga aylantirib böldi. Bu ittifoqda haqiqiy xöjayin kim ekani endi heç kimga sir emas.
Tarixdan malumki, dunyodagi barça imperiyalar davlatlarni mustamlaka qiliş uçun askarlar va qon tökiş usulidan foydalangan.
Bugun zamonaviy mustamlakaçilik uçun qurol şart emasligini körib turibmiz. Şartnomadagi mayda harflar bilan yozilgan bandlar va öz vaqtida tölanmagan qarzlar har qanday armiyadan köra kuçliroq ekanini Pekin isbotladi. Bugun Afrikadan tortib to qöşni Tojikistongaça milliy boyliklar, konlar va portlar 'körinmas yangi xöjayin' qöliga ötmoqda. Va eng dahşatlisi — barçasi qonuniy, barçasiga öşa davlatlarning rahbarlari özlari qöl qöyib berişgan. Endi sizga savol. 1970-yillarning oxirigaça oçarçilikdan tinkasi qurigan, aholisi qaşşoq bölgan Xitoy qanday qilib bu darajaga yetdi? Qançalik balandparvoz eşitilmasin, hammasi ilm sabab, öqigan, izlangan va rivojlanişdan töxtamayotgan yoşlari sabab. Bu katta mavzu. Xitoydagi boğçalar, maktab tizimi, bolalarni uxlab qolmaslik uçun özini çimçilab dars qiladigan darajada harakatga undaydigan sabablar, metroda yotib olib öqiydigan ösmirlar haqida keyingi maxsus sonda gaplaşamiz.