Toşkentda 5 yoşli qiz hojatxonaga tuşib ketdi
Toşkent şahrining Yunusobod tumanida 5 yoşli qiz hovlidagi hojatxonaga tuşib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilişiça, hodisa 25 iyun kuni soat 17:33 da Yunusobod tumani Obiravon köçasidagi uylardan birida sodir bölgan. 2021 yilda tuğilgan qizaloq ehtiyotsizlik oqibatida hovlidagi hojatxonaga tuşib ketgan.
FVV qutqaruvçilari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan va qutqaruv işlarini boşlagan. Qutqaruvçilardan biri hojatxona çuquriga tuşib, qizaloqni olib çiqqan. Şifokorlar tomonidan bolaga zarur tibbiy yordam körsatilgan. Şundan söng u yaqinlariga topşirilgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxşi ekani malum qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatining Uyçi tumanida 2025 yilda tuğilgan bola hojatxonaga tuşib ketgan edi.