USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Amaldorlarning puli va mol-mulki hisoblanadi

52 марта
Амалдорларнинг пули ва мол-мулки ҳисобланади

Özbekistonda davlat xizmatçilari va amaldorlarning daromadlari hamda mol-mulkini deklaratsiya qiliş masalasi sönggi yillarda eng köp muhokama qilingan islohotlardan biriga aylandi. Ozodbek Nazarbekovning krossovkasi, Şerzod Qudbiyevning soati, boşqa ayrim amaldorlarning avtomobili-yu, uylari yoki şohona sayohatlari vaqti-vaqti bilan jamoatçilik muhokamasiga sabab bölib turadi.

Biroq bunday bahslarda etiborni tortadigan jihat qimmatbaho buyumlarning özi emas. Asosiy savol — ular davlatdan qança maoş oladi, qanday daromad manbalariga ega va qanday mol-mulkka egalik qiladi? Bu esa Özbekistonda hanuz oçiqlanmayotgan, oçiqlanişi esa yillar davomida paysalga solib kelinayotgan masalalardan biri hisoblanadi.

Sönggi beş-olti yildan buyon mamlakatda davlat xizmatçilari, amaldorlar, vazirlar va ularning yaqin qarindoşlari, hatto turmuş örtoği hamda farzandlari nomidagi mol-mulklar deklaratsiya qilinişi, ularning daromadlari va davlatdan olayotgan maoşi bilan mol-mulki örtasidagi mutanosiblik tekşirilişi haqidagi vadalarni bot-bot eşitib kelamiz. Ammo bu taşabbuslar haligaça amaliyotga töliq köçgani yöq.

Özbekistonda köp yillardan beri kutilayotgan davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş tizimini taşkil etiş vazifasi endi qonun bilan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga yuklatildi. Bugun aynan şu masala haqida gaplaşamiz.

Özbekistonda ança yillardan buyon  kutilayotgan davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilişni taşkil etiş endi Qonun bilan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga yuklatildi. Bu haqda joriy yilning 22 iyun kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korruptsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga, korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taminlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunida söz borgan.

Qonun bilan 2017 yil 3 yanvar kuni qabul qilingan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi vakolatlari kengaymoqda. 

Hujjatga köra, endilikda agentlik davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etişga xamda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va uni bartaraf etişga kömaklaşadi, davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini taminlaş çoralarini körişga masul böladi. 

Şuningdek, Qonun bilan agentlikka davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini, şuningdek manfaatlar töqnaşuvini deklaratsiyalaş tizimini işlab çiqiş hamda uning samarali işlaşini taşkil etiş majburiyati yuklatilgan. 

Amaldorlarning poraxörligiga çek qöyişning eng katta natija beradigan xalqaro tajribadan ötgan usuli albatta daromadlarni deklaratsiya qiliş. Özbekistonda 2022 yilning 1 yanvaridan amaldorlarning mol-mulki deklaratsiya qilinişi aytilgan edi. Bu talab Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2021 yil 6 iyulda qabul qilgan va 7 iyuldan boşlab kuçga kirgan “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan. Farmonda 2022 yil 1 yanvardan boşlab, davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimini joriy etiş belgilangan. 

2022 yil 10 noyabrda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunida ham davlat fuqarolik xizmatçisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalaş tizimini joriy etiş, davlat fuqarolik xizmatçisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki töğrisida deklaratsiya taqdim etişi şartligi belgilangan. Biroq qaysi qonunda, qaysi muddatda? Bu mujmal! Deklaratsiyalarni kim nazorat qiladi, kim nomutanosibliklarni aniqlaydi va uning oçiq bazasi mavjudmi, bu savollar ham yillarkim javobini topmay kelmoqda. 

Gap şundaki, Prezidentning 2021 yil 6 iyuldagi farmoni bilan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi Qonun loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirilgan edi. QALAMPIR.UZ manbalariga köra, 2021 yilning avgust-sentyabr oylarida qonun loyihasi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, DXX, IIV, DSQ, Oliy sud, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan dastlabki va idoraviy kelişuvlardan ötkazilib, ularning takliflari asosida takomillaştirilgan. Qonun loyihasi 2021 yilning 1 noyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, 13 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Lekin, hozir u qayerdaligi haqida birov miq etmaydi.  

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 aprelda imzolangan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali taşkil etişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi 2025 yil may oyida tayyor bölişi aytilgan edi. Ammo, yana natija yöq. Holbuki, Prezident Şavkat Mirziyoyev 2025 yil yakunlari böyiça Oliy Majlis palatalariga yöllagan Murojaatnomasida korruptsiyaga qarşi keskin çoralar körilişi, mansabi va lavozimiga işonib yurganlar ham ayab ötirilmasligini aytgandi.

Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining esa Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş boşqarmasi mavjud bölib, uşbu boşqarma nima iş bilan şuğullanayotgani haqida aniq malumot mavjud emas. Hozirgaça boşqarmaning davlat xizmatçilari mol-mulki böyiça hisoboti tinglanmadi. 

Agar vaziyatga byurokratik hisobotlardan taşqariga çiqib, real va amaliy nuqtai nazardan qarasak, javob qisqaça şunday: Yöq, tizim işlamayapti va jamiyat kutgan natijani bermayapti. Islohot bir neça yildan beri “sinov”, “tayyorgarlik” va “texnik integratsiya” bosqiçida qolib ketmoqda.

Davlat amaldorlari va xizmatçilarining yuqori turmuş darajasi, haşamatli uylari va qimmatbaho avtomobillari nimaning hisobidan şakllanadi? Jahon tajribasi şuni körsatadiki, bunday holatlar köpinça byudjet mablağlarini talon-toroj qiliş, lobbizm, ayrim şaxslar manfaati uçun qarorlar qabul qiliş, mansab vakolatlarini suiistemol qiliş va korruptsiya bilan boğliq böladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2025 yil oxirida Oliy Majlis palatalari va Özbekiston xalqiga yöllagan murojaatnomasida korruptsiyaga qarşi kuraş keskin kuçaytirilişi, 2026 yilda bu yönalişga alohida etibor qaratilişini takidlagan edi. Bu taşabbuslar amalda ham aks etib, komplayens tizimi böyiça alohida qonun qabul qilinişigaça olib keldi.

Biroq afsuski, köplab amaldorlar va davlat xizmatçilari uçun bu hali ham jiddiy signal böla olmayapti. Axborot maydoni deyarli har kuni hokim örinbosari, soliq xodimi, prokuror, tergovçi yoki adolat izlab murojaat qilingan sudyaning korruptsiya bilan boğliq holatlarda qölga tuşgani haqidagi xabarlar bilan tölib bormoqda.

Bu kabi axborotlarning ommaviy axborot vositalarida köpayişi, bir tomondan, ijobiy holat. Demak, korruptsiyaga qarşi kuraş haqiqatdan ham avj olgan, işlar olib borilmoqda va natijalar yaşirilmayapti. Faqat bu jarayon taşkilotlarning örta böğinidagi rahbarlar bilan çeklanib qolmasdan, birinçi rahbarlar bilan boğliq holatlar ham oçiq va şaffof yoritilsa, korruptsiyaga qarşi kuraşning samarasi haqida yanada işonç bilan gapiriş mumkin bölar edi.

Xöş, Özbekistonda yillardan beri muhokama qilinayotgan mol-mulk va daromadlarni deklaratsiya qiliş masalasi qöşni davlatlarda qanday hal qilingan? Keling, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasiga nazar taşlaylik. Mintaqada bu borada eng tizimli yondaşuvni Qozoğistonda köriş mumkin. Mamlakatda 2021 yildan boşlab umumiy deklaratsiyalaş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etildi. Dastlab davlat xizmatçilari va ularning turmuş örtoqlari öz daromadlari hamda mol-mulki haqida hisobot bera boşladi. Keyinçalik tizim byudjet taşkilotlari xodimlari, tadbirkorlar va boşqa aholi qatlamlarini ham qamrab oldi. Bugun Qozoğiston mintaqada deklaratsiyalaş tizimini eng keng joriy etgan davlat hisoblanadi.

Qirğiziston ham davlat mansabdor şaxslarining aktivlarini deklaratsiya qilişni qonunan majburiy qilib qöygan mamlakatlardan biri. Bu yerda prezident, vazirlar, deputatlar va turli darajadagi davlat xizmatçilari har yili özlari hamda yaqin qarindoşlarining daromadlari, köçmas mulklari va boşqa yirik aktivlari haqida deklaratsiya taqdim etadi. Uşbu malumotlarning bir qismi, ayniqsa yuqori lavozimli şaxslarga oid malumotlar, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatçilikka elon qilinadi.

Tojikistonda ham davlat xizmatçilarining daromadlari va mulkiy holatini deklaratsiya qiliş tartibi qonunçilikda nazarda tutilgan. Mamlakatning “Korruptsiyaga qarşi kuraş töğrisida”gi qonuniga muvofiq, davlat xizmatçilari işga qabul qilinganda va har yili daromadlari hamda mol-mulki haqida soliq organlariga hisobot topşirişi şart. Biroq bu malumotlar jamoatçilik uçun oçiq emas va ommaviy axborot vositalarida elon qilinmaydi. Şu bois Tojikistonda deklaratsiyalaş tizimi amalda mavjud bölsa-da, uning şaffoflik darajasi nisbatan past baholanadi. 

Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanişiş uçun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali uşbu videoni tomoşa qiling.


 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: