USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Musayevga “marmar göşt” va qimmatbaho kosmetika: Migratsiya agentligi mojarosi nima bilan tugaydi?

87 марта
Мусаевга “мармар гўшт” ва қимматбаҳо косметика: Миграция агентлиги можароси нима билан тугайди?

Avvalroq, 2025 yilning mart oyida korruptsion jinoyatda ayblanib, işdan böşatilgan, hozirda  firibgarlikda gumon qilinayotgan va Interpolga qidiruvga berilgan Migratsiya agentligining sobiq xodimi Azizbek Toştemirov “Koreya işi” böyiça korruptsion holatlarga agentlik rahbari Behzod Musayevning ham bevosita aloqasi borligi haqida malumotlar tarqatayotgani haqida malum qilgan edik.

Azizbek Toştemirov “Koreya 24 soat” deb nomlangan Telegram-kanaliga Migratsiya agentligi rahbariga tegişli ekani aytilgan audio va yozişmalardan olingan suratlar joylab bormoqda. Unda Behzod Musayev qimmatbaho sovğalar, davlat hisobidan $150 ming dollarlik maşina, premium dökonlardan xarid qilinadigan göşt mahsulotlari talab qilgani haqida jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. Azizbek Toştemirov öz kanalida barça holatlar böyiça faktlar yetarli ekani, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etişga tayyorligini bildirgan.

Qöyilayotgan ayblovlar va tarqalayotgan xabarlarga rasmiy javob oliş uçun Migratsiya agentligining matbuot kotibi Gulruh Tölayevani savolga tutdik.

— Agentlik atrofida savollar juda köpaygan. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Koreyaga fuqarolarni yuboriş böyiça 90 mln dollarlik korruptsion sxema aniqlangani va bunga Behzod Musayevning ham aloqasi borligi aytilmoqda. Bu iddaolarni sobiq xodim, agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari ilgari suryapti. Bunga qanday izoh berasiz?

— Avvalo, şuni aytiş kerakki, $90 mln böyiça hali biror bir yakuniy sud qarori elon qilingani yöq. Vaziyatni töğri tuşuniş uçun Koreyaga ketiş mexanizmining öziga nazar soliş kerak. Mamlakatimizda xorijga işlaşga boriş böyiça eng yuqori talab doimo Koreya yönalişida bölgan.

2021-2023 yillarda test jarayonlari agentlikning oddiy xodimlari va Koreyadan kelgan HRD taşkiloti vakillari iştirokida ötkazilgan. Bu yerda tizim şunday: imtihondan ötgan fuqarolar Koreyaning EPS (Iş izlovçilar elektron bazasi)ga kiritiladi. Bu bazada turiş muddati – ikki yil. Masalan, bazada 10 mingdan ortiq odam navbat kutayotgan bölsa-yu, Koreya bir yilda Özbekiston uçun 3-4 mingta kvota ajratsa, tabiiyki, bitta öringa bir neçta nomzod töğri keladi. Talab bor joyda esa, afsuski, noqonuniy kanallar va korruptsion takliflar örtaga çiqqan. Buni tan oliş kerak, ilgari bunday holatlar bölgan.

Biroq Migratsiya agentligi qayta taşkil etilgaç, Behzod Anvaroviç boşçiligida bu tizim butunlay özgartirildi. Öşa tizimda işlagan xodimlarning barçasi, jumladan, siz tilga olgan Aziz Toştemirov ham bundan bir yil oldin işdan böşatilgan. Bu yilgi imtihonlarga agentlik umuman aralaşmadi – jarayonni töliq Davlat test markazi 5 bosqiçli kuçli nazorat ostida ötkazdi. Şuning uçun, hozirgi rahbariyatning uşbu korruptsion holatlarga heç qanday aloqasi yöq, deb işonç bilan ayta olaman. Aksinça, bu holatlar agentlikning komplayens tizimi va fuqarolar murojaatlari asosida aniqlanib, huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

— Yani, Behzod Musayevning bu işga umuman aloqasi yöq, demoqçimisiz?

— Ha, Behzod Musayevning bu narsalarga umuman aloqasi yöq deb bemalol ayta olaman.

— Aziz Toşdemirov esa özining Telegram-kanalida aynan mana şu korruptsion sxemalarni foş qilgani uçun işdan olinganini iddao qilyapti. Bunga nima deysiz?

— U xodim işdan böşatilganiga bir yildan oşdi. Agar unda haqiqatan ham asosli hujjatlar yoki dalillar bölsa, bir yil davomida ularni tergov organlariga topşirişi mumkin edi. Hali ham keç emas. Agar uşbu materiallar taqdim etilib, tergov jarayoni boşlansa, agentlik rahbariyati ham bemalol borib sörovlarda iştirok etişga va qonuniy javob berişga tayyor.

— Ijtimoiy tarmoqlarda Behzod Musayevning ovoziga juda öxşaş bölgan audiolar tarqaldi. U yerda xodimdan şaxsiy ehtiyojlar uçun qimmatbaho Koreya kosmetikasi, tiş pastasi va hatto “marmar göşt” yuboriş talab qilingani aytiladi.

— Bu suhbat jarayoni, kontekstlar kesilgan bölişi mumkin. Bu borada huquq-tartibot organlari tomonidan hali yakuniy ekspertiza xulosasi elon qilingani yöq. U yerda aslida qanday suhbat bölgan, kimlar gaplaşgan – bunga faqat rasmiy ekspertiza baho berişi maqsadga muvofiq.

— Audiolar kontekstdan yulib olingan bölişi mumkin deyilyapti. Demak, bu suhbat rostdan ham Behzod Musayev bilan bölib ötganmi?

— Suhbat aynan ular örtasida bölganmi-yöqmi, men aniq ayta olmayman.

— Yana bir jiddiy ayblov – Behzod Musayev özi uçun Koreyadan maxsus sozlangan, içida yotib ketişga möljallangan divani bor “Hyundai Palisade” avtomaşinasini olib kelişni buyurgani, tölov masalasi kelganda esa agentlik byudjetidagi $150 ming pulni rasmiy xat orqali “obnal” qilib, şu hisobdan yopişni aytgani haqida. Şunday maşina agentlikka kelib tuşganmi?

— Yöq, Agentlikka heç qaçon bunday maşina kelib tuşmagan va u balansda mavjud emas. Yuqorida aytganimdek, bu özaro suhbatning boşi nima bilan boşlangan va oxiri nima bilan tugagan — barçasi tergov va ekspertizaga boğliq masalalar. Jiddiy ayblovlar ilgari surayotgan Aziz Toştemirov qidiruvga berilganidan keyin bunday bayonotlar bilan çiqayotganining özi ham bir qança savollarni tuğdiradi. Agar qölida haqiqiy asoslar bölsa, tegişli organlarga topşirsin, hammasi qonun doirasida hal etiladi.

— Postlarda xususiy bandlik agentliklariga ham töxtalib ötilgan. Avvaliga ularga xorijdan iş örinlari topib beriş majburiyati yuklangani, keyinçalik esa ularning litsenziyalari asossiz ravişda bekor qilib yuborilgani haqida gapirilgan. Bu vaziyatga qonuniy yondaşuv qanday bölgan?

— Xorjga fuqarolarni yuboriş jarayoni qonun bilan tartibga solinadi. Prezidentning 367-sonli qaroriga muvofiq, Migratsiya agentligi topgan iş örinlarini xususiy bandlik agentliklariga ham bölib berişi va rekruting jarayonlari sekin-asta xususiy sektorga ötişi közda tutilgan. Şu sababli, ularga kvotalar ajratilişi mutlaqo qonuniy bölgan. Hatto Koreyaning Ye-9 (oddiy işçi) vizasi bilan ham xususiy agentliklar şuğullanişi böyiça taşabbus bildirgandik, ammo Koreya qonunçiligi bunga yöl qöymadi. Qolgan Ye-7 va Ye-8 vizalari bilan ular bemalol şuğullanişlari mumkin.

Litsenziyalar bekor qilinişi masalasiga kelsak, yaqinda “Work-Mall” va yana bir agentlikning litsenziyasi bekor qilingani rost. Ammo Migratsiya agentligi özidan-özi biror taşkilotning litsenziyasini bekor qila olmaydi. Buning uçun yo taşkilotning öz arizasi, yoki normativlarni buzganlik holati böyiça çiqarilgan sud qarori bölişi şart. Bizda hammasi faqat sud qarori asosida amalga oşirilgan.

— Xalqni va OAVni qiziqtirayotgan eng katta masala — bu mavhumlik. Bunçalik oğir ayblovlar fonida Behzod Musayevning şaxsan özi çiqib, jurnalistlar qarşisida uşbu audiolar va iddaolarga oçiq izoh berişi eng töğri yeçim emasmi? Qaçon uni jurnalistlar qarşisida köramiz?

— Albatta, Behzod Musayev ommaviy axborot vositalari uçun oçiq inson. Biz yaqin kunlarda OAV vakillari uçun maxsus matbuot anjumani taşkil etişga harakat qilamiz. Töğri, ayni vaqtda vaziyat biroz murakkab, şu boş sababli bu masalaga bir tomonlama emas, balki huquqiy va rasmiy ekspertiza xulosalariga tayangan holda nuqta qöyilişi tarafdorimiz. Tez orada bu tadbirni özimiz rasman elon qilamiz.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: