Umid bor, ammo işonç… “Oq börilar” möjiza körsatadimi?
Özbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatida ilk bor iştirok etib, mamlakat futboli tarixida yangi sahifa oçdi. Saralaş bosqiçida işonçli öyin körsatgan va Osiyoning eng barqaror jamoalaridan biri sifatida musobaqaga yöl olgan “Oq börilar” endi guruh bosqiçining hal qiluvçi uçraşuviga tayyorgarlik körmoqda.
Toşkent vaqti bilan 28 iyun kuni tong saharda AQŞning Atlanta şahridagi “Mersedes-Bents” stadionida Özbekiston Kongo DR bilan maydonga tuşadi. Uşbu bahs har ikki jamoa uçun ham pley-off taqdirini hal qiluvçi bahs bölişi aniq.
Qiyin boşlangan Jahon çempionati
Özbekiston musobaqadagi birinçi öyinida Janubiy Amerikaning kuçli va tajribali jamoasi Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşgandi. Terma jamoa ayrim epizodlarda munosib qarşilik körsatgan bölsa-da, raqibning yuqori individual mahorati öz sözini aytdi va bahs 3:1 hisobida Kolumbiya foydasiga hal böldi.
Ikkinçi turda esa, dunyoning eng zör öyinçilaridan biri bölgan Kriştianu Ronaldu boşçiligidagi yevropaliklar Özbekiston himoyasiga jiddiy bosim ötkazib, 5:0 hisobida yirik ğalabaga erişdi. Bu natija nafaqat oçkolar jihatidan, balki töplar nisbati böyiça ham Özbekistonning imkoniyatlarini murakkablaştirib yubordi.
Ikki turdan söng, Kolumbiya 6 oçko bilan pley-off masalasini hal qilgan bölsa, Portugaliya 4 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi. Kongo Demokratik Respublikasi hisobida 1 oçko mavjud, Özbekiston esa hozirça oçko işlay olmagan holda guruhda törtinçi örinda bormoqda.
Orzularga intilayotgan Kongo DR
Kongo DR ham sönggi tur oldidan oğir vaziyatga tuşib qolgan. Afrikaliklar birinçi turda Portugaliya bilan durang öynab, keyingi bahsda Kolumbiyaga minimal hisobda mağlub böldi. Agar Atlanta şahrida bölib ötadigan uçinçi tur uçraşuvida Kongo DR Özbekistonni mağlub etsa, eng yaxşi uçinçi örinni egallagan jamoalardan biri sifatida 1/16 finalga yöllanmani qölga kiritadi.
Şu sababli jamoa boş murabbiyi Sebasten Desabr jamoasi ehtiyotkor taktikani çetga surib, Özbekistonga qarşi faqat ğalaba uçun hujumkor futbol namoyiş etişini malum qildi.
“Biz Kongo uçun Jahon çempionatidagi ilk oçkoni qölga kiritganimizdan mamnunmiz. Jamoamiz yaxşi yölni bosib ötdi va biz butun kongoliklar uçun orzu hamda bu tarixni davom ettirişimiz mumkin. Futbolçilarimiz bu çaqiriqqa tayyor. Ilk ikki uçraşuvdan keyin taqdirimiz öz qölimizda qolişi uçun bizga kamida bir oçko kerak edi. Endi esa ğalaba şart, şuning uçun tavakkal qilişimizga töğri keladi”, degan Dezabr matbuot anjumanida.
Jamoaning asosiy hujum kuçi Angliya Premer-ligasida töp surayotgan Yoan Vissa bölib, u uşbu Jahon çempionatida Kongoning portugallar darvozasiga urilgan yagona goliga mualliflik qildi. Şuningdek, tajribali hujumçi Sedrik Bakambu ham har qanday himoya uçun jiddiy xavf tuğdira oladi. Tabiiyki, kutilayotgan sönggi tur bahsi ular uçun orzulari yölidagi sönggi umid bölişi turgan gap.
Kongo DRning faqat ğalaba uçun hujum qilişga majbur ekani Özbekiston uçun ham muayyan imkoniyatlar yaratişi mumkin. Avvalgi ikki uçraşuvda raqiblar asosan töpni nazorat qilib öynagan bölsa, bu gal maydonda nisbatan oçiq futbol bölişi kutilmoqda. Bu esa jamoadagi nisbatan tezkor futbolçilar uçun qarşi hujumlarda qulay şaroit yaratişi mumkin. Himoya esa yana sinaladi.
Xöş, imkoniyat bormi?
Nazariy jihatdan – ha. Sönggi natijalarga nazar taşlansa, har ikki jamoa ham ideal formada emas. Etiborli jihati, Kongo DR iştirokidagi sönggi tört uçraşuvning barçasida umumiy hisobda uçtadan kam gol qayd etilgan. “Öq börilar” esa oxirgi olti öyinda jami 6 ta gol urib, 13 ta ötkazib yubordi. Jamoa barça gollarini doim raqibdan söng ikkinçi bölib urgan.
Biroq Özbekiston uçun vazifa juda murakkab. Avvalo, Kongo DRni albatta mağlub etiş lozim. Mağlub etganda ham 7+ gollar nisbati bilan mağlub etişi kerak. Qiyin masala, lekin matematik jihatdan imkoni bor masala. Baxtga qarşi, boşqa guruhlardagi natijalar ham Özbekiston foydasiga teskari şakllandi. Portugaliyadan qabul qilingan 5 ta javobsiz gol esa töplar nisbati böyiça jiddiy salbiy omilga aylangan. Şu bois hatto ğalaba ham avtomatik ravişda keyingi bosqiç yöllanmasini kafolatlamaydi.
Qoğozda qaralsa, Kongo DR malum darajada favorit hisoblanadi. Jamoa tarkibida Yevropa çempionatlarida öynaydigan bir qator tajribali futbolçilar mavjud. Biroq psixologik bosim har ikki jamoada ham bir xil. Özbekiston uçun eng muhim vazifa har doimgidek himoyada xatolarni kamaytiriş va qarşi hujumlardan maksimal darajada samarali foydalaniş böladi.
Muhimi bir poğona ösiş
Agar “Oq börilar” öyin intizomini saqlay olsa, birinçi bölib golni ötkazib yubormasa va öz imkoniyatlaridan unumli foydalansa, tarixiy ğalabani qölga kiritiş imkoniyati mavjud. Biroq bu yerda asosiy masala keyingi bosqiçga çiqiş emas, gap ğalabada. Milliy terma jamoaning nufuzli turnirdagi ilk iştirokida birinçi ğalabasini qölga kiritişi yigitlar uçun ayniqsa ruhiy jihatdan muhim masaladir.
Boş murabbiy Fabio Kannavaro JÇ guruh bosqiçi sönggi turidan örin olgan bahsda ğalaba qozoniş uçun maydonga çiqişini aytib, aslida jamoa uçun eng muhim bölgan narsani takidlab ötdi. Murabbiyning aytişiça, Jahon çempionati Özbekiston terma jamoasi uçun katta tajriba maktabiga aylanmoqda.
“Biz bu turnirda juda köp narsani örganyapmiz. Jamoa sifatida ösişimiz mumkin, çunki yuqori darajadagi raqiblarga qarşi öynayapmiz. Ertangi bahs ham rivojlanişimizga xizmat qiladi”, degan Kannavaro.
Jamoa sardori Eldor Şomurodov ham asosiy maqsad turnirdagi ilk ğalabani qölga kiritiş ekanini takidladi.
Umuman olganda, bu ham töğri yondaşuvdir. Puçga çiqayotgan imkoniyatlarni sanaş davri ötdi. Endi muhimroq narsalar uçun, tajriba va zavqlaniş uçun ham öynaş, bosimdan qutuliş va özini topiş maqsadida harakat qiliş “Oq börilar” uçun eng muhimidir.