Suriyada özbekistonlik jangari otib ketildi – OAV
Suriyaning şahri Idlib yaqinidagi Al-Fua şaharçasida nomalum qurolli şaxslar tomonidan öz maşinasi içida töğridan töğri öqqa tutilişi oqibatida özbek jangarilaridan biri halok böldi. Bu haqda “Syriahr” xabar berdi.
Malumotlarga köra, uşbu jangari ilgari “Hayat Tahrir aş-Şom” guruhiga qaraşli “Qizil kaltaklar” bölinmasida jang qilgan. Uşbu hodisadan söng hududda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Tegişli idoralar voqea tafsilotlarini aniqlaş va hujumçilarning şaxsini aniqlaş böyiça suriştiruv işlarini boşlaş bilan bir vaqtda, hududni közdan keçiriş va malumot töplaş amaliyotiga kirişgan.
“Uşbu amaliyot Suriya şimoli-ğarbining turli hududlarida suiqasdlar va qurolli hujumlar davom etayotgan bir paytda yuz berdi, bu esa ayrim mintaqalarda xavfsizlik nazorati sustligiça qolayotganini anglatadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Suriya Xavfsizlik kuçlari mamlakatning şimoli-ğarbida ötkazilgan reyd davomida bir guruh özbek jangçilarini qölga olgan edi.