Malibu 3 kişini urib, uçirib yubordi. 2 kişi vafot etdi
Joriy yilning 25 iyun kuni Andijon viloyatida 2 kişi Malibu urib ketişi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 17:55 larda Andijon şahar Yangi Böston MFY Amir Temur şoh köçasidagi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyida haydovçi 1997 yilda tuğilgan R.Z. öziga tegişli bölgan boşqaruvidagi Malibu 2 rusumli avtomobilini boşqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Bildirilişiça, uşbu YTH oqibatida piyodalar olgan tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib borilgan. Biroq şifokorlar tomonidan körsatilgan barça tibbiy muolajalarga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon şahar IIOFMB Tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon viloyatida “Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan bir guruh öquvçilar yöl-transport hodisasiga uçraşi oqibatida 1 nafar öquvçi vafot etgandi.