USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan öquvçilar YTHga uçradi. Qurbon bor

341 марта
“Андижон полькаси” тадбирига кетаётган ўқувчилар ЙТҲга учради. Қурбон бор

Joriy yilning 23 iyun kuni Andijon viloyatida “Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan bir guruh öquvçilar yöl-transport hodisasiga uçradi. Oqibatda 1 nafar öquvçi vafot etdi, qolganlari şifoxonada. Uşbu holat yuzasidan viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi munosabat bildirdi.

Malum bölişiça, 23 iyun kuni soat 12:30 larda, Asaka tumani “Dasturxonçi” MFY hududidan ötgan xalqaro ahamiyatiga molik A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 325-kilometrida 1987 yilda tuğilgan haydovçi T.X. öziga tegişli bölgan boşqaruvidagi Damas rusumli avtomobilini boşqarib ketayotib, svetafor bilan tartibga solingan çorrahadan ötayotganda çap tomonga qayrilgan. Şu vaqtda qarama-qarşi yönalişda öz yölida harakatlanib kelayotgan “Zil-138” rusumli yuk avtomobilini ötkazib yubormasdan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.

Uşbu YTH oqibatida Damas avtomobilida bölgan yölovçi 2011 yilda tuğilgan N.F. olgan tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib borilgan. Biroq şifokorlar tomonidan körsatilgan barça tibbiy muolajalarga qaramasdan, u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Uşbu hodisa keng jamoatçilik muhokamasiga sabab böldi.

“Butun boşli bitta bola şu hokimlikni-yu Madaniyat vazirligini rekordini deb ölib ketaveradimi? 45 gradus issiqda bola beçoralarni tikka qilib, rekordga kirdim deb kayf qilganlar javob beradimi yöqmi?” deya savol qöygan pedagog va jamoatçilik faoli Isroil Tillaboyev.

Bundan taşqari, iqtisodçi Otabek Bakirov Madaniyat vazirligini tanqid ostiga olgan.

“Ozodbek Nazarbekov qöşiq aytayapti. Buyoqda bolalar ölgan va jarohatlangan – xabar yöq, taassuf yöq, taziya yöq. Bu yoqda Ozodbek Nazarbekov qöşiq aytayapti, Katta kontsert. Muşakbozlik. Davom etaveringlar”, deya yozgan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Andijon şahridagi “Bobur arena” stadionida 20 ming nafar iştirokçi bir vaqtning özida “Andijon polkasi”ga raqsga tuşgani va Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etiş joiz, “Andijon polkasi” bundan oldin ham muhokama markaziga tuşgandi. Öşanda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov “özini andijonlikman deb bilgan” hammaga polkaga öynaşni buyurgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: