USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Buvaydada hokimning zöravonligiga uçragan ekolog ham qamoqqa olindi

314 марта
Бувайдада ҳокимнинг зўравонлигига учраган эколог ҳам қамоққа олинди

2025 yilning noyabr oyida Farğona viloyatining Buvayda tumanida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi inspektori Ahrorjon Niyozovga tuman hokimi örinbosari Saidali Xizirov kuç işlatib, organ xodimlari yordamida tuman Içki işlar bölimiga olib ketganidan xabaringiz bor. Öşa vaqtda ekologiya inspektoriga nisbatan kuç işlatiş respublika miqyosida katta muhokamalarga sabab bölgan edi. Oradan köp ötmay, tuman hokimi örinbosari Saidali Xizirov egallab turgan lavozimidan böşatilgani, jinoyat işi qözğatilgani malum qilindi. Ötgan oy bölib ötgan sud hukmi bilan Saidali Xizirov Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravari (61 million 800 ming söm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Jabrlanuvçi Ahrorjon Niyozov sudlanuvçilarga nisbatan oğirroq jazo tayinlaşni sörab, apellyatsiya şikoyati kiritgan. Ammo joriy yilning 3 iyun kungi Farğona viloyati sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayati appelyatsiya instantsiyasining ajrimi bilan hukm özgarişsiz qoldirilgan.

Jinoyat işi yakuniga yetib, sud hukmi elon qilinganidan köp ötmay, ekologiya bölimi Ahrorjon Niyozovning özi ham qölga olindi. Bu haqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi tarqatgan axborotdan anglaş mumkin.

Viloyat Içki işlar boşqarmasi bergan xabarga köra, Farğona viloyatining Buvayda tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida ekologiya bölimi xodimi 9,5 ming AQŞ dollari miqdoridagi pora bilan uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, u tumanning “Arab” mahallasi hududiga kiruvçi tört gektar yer maydonidagi yovvoyi daraxtlarning kesilişi va qumdan tozalanişiga bir yil köz yumib, çora körmaslik uçun fuqarodan 10 ming AQŞ dollari miqdorida pora talab qilgan.

Viloyat Içki işlar boşqarmasi hamda boşqa huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida pora olişda vositaçilik qilgan şaxs hamda porani qabul qilgan mansabdor ekologiya xodimi aşyoviy dalillar bilan qölga olingani aytilmoqda.

Şuningdek, vositaçi şaxs boşqaruvidagi avtomaşina ham közdan keçirilganda, giyohvandlik vositalariga öxşaş moddalar borligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirilgan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: