YPX xodimining ölimiga sababçi bölgan haydovçi qamaldi
26-05-2026, 19:54
335 марта

YPX xodimining ölimiga sababçi bölgan haydovçi qamaldi
Namangan şahrida keng muhokamalarga sabab bölgan, öz xizmat vazifasini bajarayotgan içki işlar xodimining ölimi bilan boğliq mudhiş hodisa yuzasidan sud hukmi öqildi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.Bildirilişiça, Islomjon Bahodirov Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi va Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi, Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi bilan 3 yil muddatga barça turdagi transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingan holda olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Şu bilan birga, uning harakatlarida yöl-transport hodisasini sodir qiliş jinoyati qasddan sodir qilinganligi va yöl harakati qoidalarining 77-bandiga zid ravişda harakatlanib, öşa jinoyatni sodir qilganligi aybli deb topilib, unga nisbatan tegişli tartibda sud hukmi bilan jazo tayinlangan.