USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Şarmandalik jadvali” yoxud poraxörlar tamom böladi

67 марта
“Шармандалик жадвали” ёхуд порахўрлар тамом бўлади

Toşkentda “raygaz” xodimi 21 ming dollar pora bilan uşlandi. Pskentda suv taminoti rahbari 3 mlrd sömlik quvurlarni talon-toroj qildi. Davlat taşkilotlarining 16,4 mlrd sömlik noqonuniy xaridlari aniqlandi. Etibor berdingizmi, bu qisqa xabarlarni u qadar hayron bölmay öqiyapsiz! Garçi raqamlar köpçilik hayotida biror marta körmagan darajada katta bölsa ham.

Buning sababi esa, bir mavzuda xabarlar köpaygani, korruptsion jinoyatlar haqida tez-tez gapirilişi oqibatida ularni oddiy va odatiydek qabul qiliş boşlanganidir. Çunki, kunda-kunora yemakxörliklar, firibgarlik, davlat pulini özlaştiriş, rastrata, tamagirlik qilgan şaxslar kun mavzusiga aylanadi. Ha, korruptsiya – Özbekistondagi eng oğriqli, mansab, mavsum, yoş, jins va soha tanlamas muammoga aylangan. Unga qarşi kuraşiş uçun keskin çoralar körilişi şartligi doim takrorlangan. Va köpçilik kutgan jarayon boşlandi. Endi byudjet pulini ömargan mulozimlar 10 yilgaça qamaladi. Endi, korruptsionerlarning oçiq röyxati tuzilib, “şarmandalik” jadvali elon qilinadi. Endi poraxörlar jazodan muddatidan oldin ozod qilinmaydi. Endi poraxör rahbarlarni öz örinbosari “sotadi” va bu Komplayens tuzilmalari xodimlariga daxlsizlik huquqi beriladi. Xullas, poraxörlarga endi juda qiyin böladi. Hozir şu haqida batafsil gaplaşamiz.

Korruptsiyaga qarşi favqulodda holat

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2025 yil oxirida Oliy Majlis palatalari va mamlakat xalqiga yöllagan Murojaatnomasida 2026 yilning 1 yanvaridan etiboran barça davlat organlari va taşkilotlari rahbarlarining komplayens böyiça örinbosari lavozimi joriy etilişi, korruptsiyaga nisbatan kuraşda favqulodda holat elon qilinişini aytgan edi.

Davlat rahbarining aytganlari amalda işlaşi uçun, korruptsiyaga qarşi favqulodda holat darajasida kuraşiş uçun Özbekistondagi barça davlat organlari va taşkilotlarida komplayens hamda korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari taşkil etiladi. Uşbu xizmat agar davlat organi va taşkiloti birinçi rahbarlarining korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarini aniqlaydigan bölsa, bu haqda huquqni muhofaza qiliş organlariga töğridan-töğri murojaat qilişi mumkin böladi. Bunga joriy yilning 22 iyun kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korruptsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga, korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taminlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni asos böladi.

Qonunga muvofiq, davlat organlari va taşkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari idoralar faoliyatida korruptsiya holatlarining oldini olişga qaratilgan samarali mexanizmlar hamda nazorat tizimi joriy etilişini taminlaşi, korruptsiyaga qarşi kuraşiş vazifasini amalga oşiruvçi, byudjet mablağlari aylanmasini nazorat qiluvçi bölinmalarning hamda şaxsiy xavfsizlik bölinmalarining faoliyatini muvofiqlaştirişi, şaffoflikni taminlaş, affillanganlik hamda manfaatlar töqnaşuvi holatlarining oldini olişga qaratilgan korruptsiyaga qarşi nazorat tizimini amalga oşirişi, davlat organi va taşkilotida korruptsiya holatlari hamda ularning oldini oliş yuzasidan belgilangan tartibda tekşiruvlar ötkazilişini hamda qatiy javobgarlik çoralari körilişini taşkil etişi belgilangan.

Şuningdek, Içki nazorat tuzilmalari korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi hamda unda iştirok etuvçi davlat organlari va taşkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

Ularga öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun maxsus huquqlar beriladi.

Masalan, xodimlar Davlat organi va taşkiloti tizimidagi öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan axborot hamda malumotlar bazalaridan foydalanişi mumkin böladi. Şuningdek:

  • davlat organi va taşkilotida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilişiga imkon yaratuvçi sabablar hamda şart-şaroitlarni bartaraf etiş çoralarini köriş;
  • davlat organi va taşkiloti tizimida korruptsiyaga qarşi çoralarni hamda nazorat tadbirlarini mustaqil yoki işçi guruh tuzgan holda taşkil etiş;
  • korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekşiruv va tergov organlari bilan hamkorlik qiliş, ularni belgilangan tartibda jalb etiş çoralarini köriş;
  • korruptsiyaviy omillarni aniqlaş, ularning oldini oliş va korruptsiya holatlariga çek qöyiş maqsadida şaxslarning xatti-harakatlarini, hodisalarni hamda jarayonlarni bevosita yoki bilvosita kuzatiş va qayd etiş;
  • öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun davlat organlaridan va boşqa taşkilotlardan, fuqarolardan malumotlarni hamda boşqa zarur hujjatlarni va materiallarni söraş va oliş;
  • vakolatini amalga oşiriş doirasida zarurat tuğilganda tegişli hujjat va materiallar bilan tanişiş maqsadida davlat organi va taşkilotining obektlariga tösqinliksiz kiriş;
  • davlat organi va taşkiloti tizimida aniqlangan korruptsiya holatlari böiça yuqori turuvçi komplayens xizmatlarini töğridan-töğri mustaqil ravişda xabardor qiliş;
  • davlat organi va taşkiloti tizimida korruptsiya holatlarini aniqlaş hamda ularga çek qöyiş maqsadida muayyan şaxslar bilan belgilangan tartibda nooşkor hamkorlik örnatiş;
  • davlat organi va taşkiloti tizimida aniqlangan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik faktlari böyiça töplangan materiallarni qonuniy çora köriş uçun tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yoki bevosita ularning komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalariga taqdim etiş;
  • davlat organi va taşkiloti tizimida qonun buzilişi hollarining oldini oliş böyiça körib çiqilişi majburiy bölgan körsatmalar va uşbu hollarni bartaraf etiş yuzasidan taqdimnomalar kiritiş kabi huquqlar nazarda tutilgan.

Davlat organlari va taşkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari qonunçilikda belgilangan boşqa huquqlarga ham ega böladi.

Davlat organi va taşkiloti birinçi rahbarlarining korruptsiyaga oid huquqbuzarliklari alomatlari aniqlanganda yoki jinoiy guruh faoliyatiga rahnamolik qilayotgan deb hisoblaş uçun yetarli asoslar mavjud bölganda ularning komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari yuqori turuvçi komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat xizmati bilan kelişgan holda tegişli hujjatlar va malumotlarni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga töğridan-tögöri taqdim etiş, şuningdek kadrlar masalasi va moliyaviy xarajatlar böyiça boşqaruv qarorlarini qabul qiliş huquqini vaqtinça töxtatiş yoki tegişli rahbarni yoxud xodimni vazifasini bajarişdan vaqtinça çetlatiş borasida taklif kiritiş vakolatiga ega böladi.

Komplayens tuzilmalari xodimlariga daxlsizlik huquqi beriladi

Tabiiyki, köpçilikni biron taşkilotdagi korruptsion yoki ehtimoliy jinoyat haqida xabar beradigan odam öşa taşkilotda xodim sifatida işlasa, u özidagi imkoniyatlardan 100 foiz foydalana oladimi degan savol öylantiradi. Albatta, bunga ham yeçim berilgan.

Davlat organlari va taşkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyatini Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati muvofiqlaştirib boradi. Bu esa ularning himoyasi qay darajada ekanini körsatadi deyiş mumkin.

Qolaversa, davlat organlari va taşkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari xodimlariga daxlsizlik huquqi beriladi, yani ular davlat himoyasida böladi. Xususan, ularning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kiriş, ularni közdan keçiriş, ularda tintuv ötkaziş yoki ulardan aşyoni oliş, ularning telefondagi sözlaşuvlarini eşitiş, xodimlarni közdan keçiriş va ularni şaxsiy tintuv qiliş, şuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegişli aşyolar va hujjatlarni közdan keçiriş, olib qöyiş yoxud oliş faqat Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining yozma ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oşirilişi mumkin.

Yana komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari xodimini guvoh yoki gumon qilinuvçi sifatida söroq qilişga, ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaşga va uşlab turişga Özbekiston Respublikasi Boş prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yöl qöyiladi. Bu tartib mehnat şartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan böşatilgan sobiq xodimlarga nisbatan ham ikki yil içida amal qiladi. Şuningdek, bu turdagi xodimlarga nisbatan jinoyat işi faqat Özbekiston Respublikasi Boş prokurori tomonidan qözğatilişi mumkin. Uşbu kafolatlar ham joriy yilning 22 iyun kuni qabul qilingan qonun bilan belgilangan.

Endi poraxörlar jazodan muddatidan oldin ozod qilinmaydi

Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksining qator moddalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Xususan, Kodeksning 73-moddasi (Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş)ga kiritilgan “v1” bandiga köra, endilikda özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilganlik, şuningdek firibgarlik uçun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning örnini töliq qoplamagan şaxs yetkazilgan zararning örnini töliq qoplamaguniça jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinmaydi.

Qolaversa, uşbu moddaning “g” bandi ham “takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda köp miqdorda pora oliş, pora beriş, pora oliş-berişda vositaçilik qilganlik” mazmunida töldirilib, uşbu ayblov bilan hukm qilingan şaxslar ham jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinmasligi belgilandi.

Bu holatga ehtimoliy misolni ham körsatişimiz mumkin. 2025 yilning noyabr oyida lavozimidan ozod etilib, 2026 yilning yanvarida Içki işlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlarida 186 milliard söm byudjet mablaği özlaştirilganlikda ayblangan sobik vazir örinbosari Bekmurod Abdullayev joriy yilning aprel oyi örtalariga kelib, ozodlikka çiqqani malum bölgandi. Rasman tasdiqlanmagan malumotlarga köra, sobiq mulozim yetkazilgan zararni qoplagan.

Qonunçilikka kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslar Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslarning elektron reyestriga kiritiladi.

Içki işlar vazirligi korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslarga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan paytdan etiboran 3 iş kuni içida reyestrga şaxs haqidagi malumotlarni kiritadi.

Elektron reyestrda korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslar töğrisidagi malumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi va reyestrdagi şaxslarga nisbatan çeklovlar belgilanadi. Bular:

  • davlat xizmatiga kiriş va davlat mukofotlari bilan taqdirlaniş;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining körsatilişi;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari hamda idoralararo kollegial organlarning azosi böliş;
  • özi tasis etgan va ustav fondidagi uluşining 50 foizdan köproq qismiga özi egalik qiladigan tadbirkorlarning davlat xaridlarida va davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimda iştirokçi sifatida qatnaşiş;
  • davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlarda va davlat talim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritiş.

Elektron reyestr Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi.
Şuningdek, yangi qonunga köra, xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik belgisi Jinoyat kodeksining 168-moddasi törtinçi qismiga (öta oğir jinoyatlar toifasiga) ötkazildi. Bu degani endi byudjet pulini ömargan mulozimlar 10 yilgaça qamaladi.

Korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi taşkilotlar soni oşdi

Özbekistonda bevosita korruptsiyaga qarşi davlat siyosatini işlab çiqadigan, profilaktika qiladigan va barça idoralar işini muvofiqlaştiradigan taşkilotlar soni 3 ta edi.

Birinçisi – davlatning oliy moliyaviy nazorat organi bölgan Hisob palatasi. U davlat byudjetidan ajratilgan har bir söm, har bir tiyin qayerga va qanday sarflanganini tekşiradi. Agar biron-bir vazirlik yoki hokimlik quriliş yo xaridlar jarayonida narxni suniy oşirgan bölsa, sodda qilib aytganda pulni “tuya qilgan” bölsa, buni birinçi bölib Hisob palatasining auditorlari aniqlaydi.

Keyingisi – Korruptsiyaga qarşi kuraşiş Milliy kengaşi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari rahbarlik qiluvçi bu kengaş tarkibiga jamoatçilik va davlat organlari vakillari kiradi. Milliy kengaş oldin faqat respublika miqyosida faoliyat yuritgan. Yangi qonun böyiça, endi uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlar bölinmalari taşkil qilinmoqda. Kengaş tarkibi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va Kengaşning rahbar organlari qonun darajasida belgilanadi.

Uçinçi muhim taşkilot şubhasiz 2020 yil 29 iyunda taşkil etilgan – Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi. Töğridan-töğri Prezidentga böysunadigan, korruptsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasida yagona davlat siyosatini yurituvçi asosiy mustaqil organ. Davlat xaridlaridagi oçiqlik va deklaratsiya tizimini aynan şu agentlik boşqaradi.

Mana endi ularning safiga Davlat organlari va taşkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlaştirib boradigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati ham qöşildi.

Körinib turibdiki, korruptsiyaga qarşi elon qilingan favqulodda holat – aniq mexanizm böyiça işlayapti. Endi masala kim qaysi idorada ötirgani yoki kimning ortida kim turganida emas. Amaldorlar uçun tanlov oddiy: yo halol işlaş, yo kelajagini, mansabini va erkinligini elektron reyestrdagi “şarmandalik jadvali”ga almaşiş. Tizim özgardi, qonunlar keskinlaşdi. Endi navbat ijroga. Çunki har qanday eng mukammal qonun ham, agar u amalda qatiy işlamasa, şunçaki qoğoz bölib qolaveradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: