USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qahva jigar tsirrozi xavfini kamaytirişi mumkin – tadqiqot

113 марта
Қаҳва жигар циррози хавфини камайтириши мумкин – тадқиқот

Sedars-Sinay tibbiyot markazi olimlari muntazam ravişda qahva içiş jigar tsirrozi, jigar saratoni hamda uşbu azo kasalliklari asoratlari tufayli ölim xavfining kamayişi bilan boğliqligini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot natijalari “Clinical Gastroenterology and Hepatology” (CGH) jurnalida elon qilindi.

Tadqiqot Buyuk Britaniyaning “UK Biobank” biobankidan olingan 354 957 nafar iştirokçini qamrab olgan. Kuzatuvlar boşida ularning heç birida jigar tsirrozi yoki raki bölmagan. Olimlar ularning soğliği holatini örtaça 13 yil davomida kuzatib borgan.

Tahlillar şuni körsatdiki, kuniga beş va undan ortiq finjon qahva içadigan odamlarda qahva içmaydiganlarga qaraganda tsirroz rivojlaniş xavfi 32 foizga, jigar raki xavfi 47 foizga, jigar kasalliklaridan ölim ehtimoli esa 42 foizga pastroq bölgan.

Şu bilan birga, ijobiy samara kuniga bir-ikki finjon içilganda ham kuzatilgan, eng yuqori natija esa uç-tört finjon oraliğida namoyon bölgan. Biroq mualliflar bu natijalarni har kuni beş finjondan ortiq qahva içiş kerak, degan tavsiya sifatida qabul qilmaslik zarurligini takidlamoqda.

Uşbu boğliqlikning ehtimoliy mexanizmlarini aniqlaş uçun tadqiqotçilar jigarning magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) malumotlarini va qon tahlili natijalarini ham örganib çiqqan. Qahva ixlosmandlarining jigarida yoğ, temir moddasi, fibroz va yalliğlaniş belgilari kamroq ekanligi malum bölgan. Bundan taşqari, uşbu guruhda azoning soğlom faoliyati bilan boğliq bölgan oqsillar darajasi yuqori, töqimalarning yalliğlanişi va çandiqlanişiga olib keluvçi oqsillar kontsentratsiyasi esa pastroq bölgan.

Bunday ijobiy natijalar oddiy qahvani ham, kofeinsiz qahvani ham xuş köruvçilarda birdek kuzatilgan. Bu esa himoya xususiyati nafaqat qahvain bilan, balki içimlik tarkibidagi boşqa biologik faol moddalar bilan ham boğliqligini taxmin qilişga asos böladi.

Mualliflarning qayd etişiça, uşbu tadqiqot kuzatuv xarakteriga ega bölib, aynan qahva jigar kasalliklarining oldini olişini töliq isbotlamaydi. Ularning sözlariga köra, soğlom vaznni saqlaş, spirtli içimliklar istemolini çeklaş, muntazam jismoniy faollik hamda qondagi şakar, xolesterin va arterial bosimni nazorat qilib boriş hanuzgaça kasallikning oldini olişdagi asosiy çoralar bölib qolmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik iqtisodçilar COVID-19 pandemiyasi davrida va undan keyin masofaviy işga ommaviy ötiş oxirgi bir neça yil içida AQŞda ruhiy kasalliklar köpayişining taxminan uçdan bir qismiga sabab bölganini aniqlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: