USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nyu-York meri bilan «otamlaşgan» özbekistonlik tadbirkor kim va u nimalarga aralaşgan?

814 марта

FBR Nyu-York meri Erik Adams va özbekistonlik Tolib Mansurov örtasidagi munosabatlarni foş etdi. Uşbu aloqalar ortida siyosiy homiylik, pul yuviş va Özbekistonning xalqaro imijini yaxşilaşga qaratilgan hujjatlar aniqlangan.


Amerika Qöşma Ştatlari Federal Tergov Byurosi (FBR) agentlari Nyu-York meri Erik Adams va özbekistonlik tadbirkor Tolib Mansurov örtasidagi turli yozişmalar va şubhali munosabatlarni aniqladi. «The City» naşriga köra, Mansurov Adams uçun saylov kompaniyasiga noqonuniy mablağ töplaşda iştirok etgan va evaziga şahar mamuriyatida turli imtiyozlarga erişgan.
Tergov hujjatlarida Adams özbeklar bayroğini kötariş marosimini taşkil etgani, özbek yetakçilari uçun şahar hokimiyatida tadbir uyuştirgani va Mansurovning quriliş sohasidagi muammolarini hal etgani aytiladi.
Mansurov AQŞ va Özbekiston fuqarosi bölib, BMTdagi Özbekiston missiyasi bilan doimiy aloqada bölgan va Kiprda röyxatdan ötgan kompaniya orqali millionlab dollar mablağni pul yuviş sxemasi orqali harakatlantirgan. Mansurov hozirça jinoyatda ayblanmagan, ammo agar unga nisbatan ayblov qöyilsa, yengillik berilişi umidida tergovçilar bilan hamkorlik qilişga rozi bölgan. Prokurorlar bilan suhbatda u pul yuviş ayblovini rad etgan, ammo Adams uçun ön minglab dollar mablağ töplaganini tan olgan.
Ayni paytda tergovçilar Tolib Mansurov Adamsdan şaxsan yordam söragan hollarda quriliş departamenti tomonidan qöyilgan çeklovlar olib taşlanganini qayd etişgan. «Men sizni doim qöllab-quvvatlayman», — deb yozgan u Adamsga 2023 yil fevral oyida.
Masala ortida faqat Özbekiston emas, balki Turkiya va Xitoy manfaatlari ham bor. Adams Turkiya rasmiylarining iltimoslarini bajargan, hatto Erdöğonga qarşi çiqişdan voz keçgan. Şuningdek, Xitoy diasporasi yetakçilari ham uning kompaniyasi uçun yuz minglab dollar yiğişgan.

FBR va prokuraturaning bayonotiga köra, Mansurov özining «United Elite Group» kompaniyasi orqali saylov kompaniyasi uçun mablağ yiğişda «soyali sxemalar»dan foydalangan. Ular orasida işçilar nomidan pul ötkazib, keyin ularga naqd kompensatsiya beriş holatlari ham qayd etilgan.
2024 yil may oyida Adamsning telefonlari musodara qilingaç, u yangi telefon orqali Mansurovga: «Menga katta yordam kerak», — deb yozgan. Merning aytişiça, davlat homiyligiga ariza topşiriş uçun 250 dollardan 1000 dona kiçik donat yiğişi kerak bölgan. Hujjatlarda Mansurov bu iltimosni bajarganmi-yöqmi nomalum. Lekin uning kompaniyasi moliyaviy direktori Oybek Şokirov öşa oyning özida 250 dollar xayriya qilgan.
Bundan taşqari, Bahi ismli volontyor orqali Mansurovdan 10 ming dollar töplaş söralgan. Hozirda Bahi saylov kompaniyasiga oid soxta donorlar sxemasi böyiça ayblovni tan olişga rozi bölgani xabar qilingan.
Şu yil boşida Nyu-York sudi Adamsga nisbatan jinoiy işni yopgan. Sudya Deyl Xo işni qayta oçmaslik şarti bilan tugatgan. Adamsning saylovi 2025 yil noyabr oyiga belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: