FIFA’ning “öyinlari”, oçiqlaşayotgan Suriya va özgarayotgan alifbo — Hafta voqealari
FIFA hokimiyatiga nisbatan etirozlar kuçaymoqda. Janni Infantinoning bazi qarorlari va bayonotlari uning obrösiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Xöş, Infantinoning “tagiga suv quyiş” kimga kerak bölib qoldi?
Özbekistonda uzoq kutilgan alifbo islohoti amalga oşişi mumkin. Bu qaror hali töla kuçga kirmagan bölsa-da, halitdan uning tanqidçilari bisyor. Ammo bu qarorning ahamiyati tilning kelgusidagi rivoji uçun qay darajada muhim ekanligini inobatga olsak, uning kelgusida kuçga kiriş ehtimolini ham yuqori baholaş mumkin.
Yevropa xavfsizligi NATOning qölida, NATO esa AQŞning moliyaviy yordamlarisiz heç narsaga qodir bölmay qoldi. 7-8 iyul kuni Anqarada bölib ötgan navbatdagi sammit taşkilotni AQŞ tasiridan iloji boriça uzoqlaştiriş va kelgusidagi taraqqiyot yölini belgilaşda muhim qadam böldi deyiş mumkin. Ammo sammitdan mutlaq manfaatdor davlat — mezbon böldi.
Özbekistonning döstlari soni ortişda davom etmoqda. Belarus bilan imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma va qator iqtisodiy kelişuvlar Özbekiston uçun kelgusida yangi bozorlarni oçişga yordam berişi kutilmoqda. Xöş, Aleksandr Lukaşenko nimalarni vada qilgan?
Suriya endi terrorçi davlat emas. Suriyaning yangi mamuriyati tobora xalqaro maydonda işonç qozonmoqda. Mamlakat hududidagi tabiiy boyliklar uzoq vaqtdan beri deyarli qarovsiz qolib ketgan edi. Bugun AQŞ va Frantsiya kabi liderlikka davogar davlatlar bu boyliklarga hissador böliş uçun sobiq terrorçi Ahmad aş-Şara bilan döst tutinişga ham rozi. Xöş, Suriya yana boşqa qudratli davlatlarning tasiriga tuşib qoladimi?
Uşbu maqolada, Jahonda va Özbekistonda yuz bergan eng muhim voqealar tafsiloti haqida gaplaşamiz.
“Reboot FIFA” kompaniyasi yoxud Infantinoning tepasida qora bulutlar
FIFAning amaldagi Prezidenti Janni Infantinoning boşi uzra “qora bulutlar suzmoqda”. Inson huquqlari yönalişida faoliyat yurituvçi “FairSquare” taşkiloti Infantinoga qarşi “Reboot FIFA” yani “FIFA’ni qayta işga tuşuriş” nomli keng kölamli xalqaro kampaniyani boşladi. Taşkilot FIFA Etika qömitasiga taqdim etilişi rejalaştirilayotgan ommaviy şikoyat orqali Infantinoni siyosiy betaraflik tamoyillarini bir neça bor buzganlikda ayblamoqda. Kampaniya ortidan esa Norvegiya futbol federatsiyasi va Yevropa Parlamentining önlab deputatlari ham oçiq qöllab-quvvatlov bildirdi.
Tramp iltimosiga köra AQŞ hujumçisiga nisbatan belgilangan qizil kartoçkaning bekor qilinişi va Misr hamda Argentina örtasida bölib ötgan öyinidagi konfliktlardan söng yanada köproq muhokama qilina boşlangan Infantino ustidan şikoyat aslida “FairSquare” taşkiloti tomonidan 2025 yil 8 dekabrda boşlangan edi. FIFA Etika qömitasining Tergov palatasiga aynan şu kuni taşkilot ilk şikoyatini topşirgan. Unga köra, Infantino AQŞ Prezidenti Donald Trampning siyosati va harakatlarini bir neça marotaba ommaviy ravişda qöllab-quvvatlagan. Bu esa FIFA Etika kodeksining 15-moddasida belgilangan siyosiy betaraflik talabiga zid hisoblanadi. Kodeksga köra, FIFA xalqaro sport taşkiloti ölaroq, qaysidir davlatning futbolga aloqasi bölmagan siyosiy qarorlarini u yoki bu körinişda qöllab-quvvatlaşi yoki tanqid qilişi mumkin emas. Ammo, Eron bilan bir neça bor harbiy keskinlikka borgan, uzoq yillardan beri Daniyaga qaraşli bölib kelayotgan Grenlandiyaga oçiqçasiga köz olaytirgan inson uçun alohida tinçlik mukofoti tasis etib, uni taqdirlaş betaraflik degan tamoyilga butkul teskariligi hammaga malum.
Bugungi kunda FairSquare “Reboot FIFA” nomli kampaniya orqali dunyo böylab futbol muxlislari, mutaxassislar va jamoatçilik vakillarini şikoyatga imzo qöyişga çorlamoqda. Taşkilotning maqsadi — 2026 yilgi Jahon çempionati yakunlangaç, FIFA tarixdagi eng yirik ommaviy şikoyatni Etika qömitasiga topşirişdir. Kampaniya taşkilotçilari bu nafaqat Infantinoning harakatlariga huquqiy baho beriş, balki FIFA boşqaruv tizimini isloh qiliş uçun ham bosim vositasi bölişini takidlamoqda.
Infantinoga qarşi bosim faqatgina nodavlat taşkilotlar bilan çeklanmayapti. Yaqinda Yevropa Parlamentining 50 nafar deputati FIFA Etika qömitasiga maktub yöllab, FairSquare şikoyatini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Ular FIFA mazkur iş orqali özining siyosiy betaraflik, şaffoflik va hisobdorlik tamoyillariga sodiqligini amalda isbotlaşi kerakligini qayd etdi. Avvalroq Norvegiya futbol federatsiyasi ham rasmiy ravişda şikoyatni qöllab-quvvatlagan va jarayon oşkora olib borilişini talab qilgan edi.
Bundan taşqari, “FairSquare” 2026 yilgi Jahon çempionati davomida yuz bergan ayrim voqealarni ham FIFA’dagi siyosiy tasir kuçayganining belgisi sifatida körsatmoqda. Xususan, AQŞ Prezidenti Donald Trampning amerikalik futbolçi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi masalasiga aralaşgani ortidan FIFA jazoni bekor qilgani tanqid qilindi. Infantino bu qarorda iştirok etmaganini bildirgan bölsa-da, FairSquare uşbu holat butunlay çempionatning şaffofligiga jiddiy tasir qilayotganini iddao qilgan.
Hozirça FIFA Etika qömitasi Infantinoga nisbatan rasmiy tergov boşlanganini elon qilmagan. Biroq “Reuters” naşri malumotlariga köra, FIFA kotibiyati şikoyat qabul qilinganini tasdiqlagan va zarurat tuğilganda dastlabki tekşiruv boşlanişi mumkinligini bildirgan.
Nima ham derdik, siyosatning irkit qöllari hamma yerga yetadi. Hatto biz sevib tomoşa qilayotgan futbol öyinlari ham qaysidir qudratli kuçlar qölida öyinçoq bölişi mumkin ekanligiga uşbu holat yaqqol isbotdir.
Alifbo islohoti
Endi “ş” harfini “w”, “ö” ni “6”, “ç” ni esa “4” şaklida yozişga hojat qolmasligi mumkin. Uşbu haftada Özbekistonda alifbo islohoti haqidagi xabarlar jamoatçilikda katta rezonans vujudga keltirdi. Uzoq vaqtdan beri jiddiy muhokamalarning markazida bölib kelgan özbek alifbosining muammolari va isloh qilinişi zarur bölgan jihatlari yana bir bor qonunçilik darajasida jiddiy körib çiqila boşlandi.
Joriy yilning 7 iyul kuni, Özbekistonda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilindi. Ammo hali xursand bölişga ham, xafa bölişga ham erta, hujjat hali yakuniy kuçga kirgani yöq. U avvalo Oliy Majlis Senati tomonidan maqullanişi, şundan söng Prezident tomonidan imzolanişi lozim. Şundagina yangi alifbo böyiça özgarişlar rasman kuçga kiradi.
Qabul qilingan qonun loyihasiga köra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat alifbo örniga 28 ta harf hamda bitta tutuq belgisidan iborat yangi tizim joriy etilişi taklif etilmoqda. Eng asosiy özgarişlar "Ş", "Ç", "Ö" va "Ğ" kabi ikki belgidan iborat harflarning bitta belgida ifodalanişi bilan boğliq. Unga köra, Ş harfi Ş, Ç — Ç, Ö — Ö, Ğ esa Ğ şaklida yoziladi. Şuningdek, alifbodagi "ng" harf birikmasi çiqarib taşlanmoqda.
Mazkur taşabbus aslida bir neça yillik tarixga ekanligini ham unutmaslik kerak. Mutaxassislar lotin alifbosi 1993 yilda qabul qilinganidan buyon ikki harfli belgilar amaliyotda turli noqulayliklarni keltirib çiqarganini takidlab keladi. Xususan, kompyuter dasturlari, internet domenlari, xalqaro malumotlar bazalari va suniy intellekt tizimlarida "Ş", "Ç", "Ö" va "Ğ" kabi yozuvlar köpinça notöğri qayta işlanadi. Natijada qidiruv tizimlari, elektron hujjatlar va avtomatik tarjima dasturlarida bir xil söz turliça körinişda aks etişi kuzatiladi. Bu esa nafaqat tilni örganiş uçun qiyinlaştiradi, balki texnik jihatdan ham foydalanişga noqulay qilib qöyadi.
Biroq islohotning tanqidçilari ham yöq emas. Ularning fikriça, yangi alifboga ötiş katta hajmdagi hujjatlar, darsliklar, yöl körsatkiçlari, davlat idoralari peşlavhalari, elektron bazalar va boşqa rasmiy materiallarni yangilaş zaruratini tuğdiradi. Bu esa muayyan moliyaviy xarajatlarni talab qilişi mumkin. Bundan taşqari, etiroz bildirayotganlar orasida, “X” va “H” harflari hamda “ ‘ ” (tutuq belgisi) masalalarini ham körib çiqiş kerakligini takidlayotganlar ham uçramoqda.
Ammo, şuni ham takidlaş lozimki, qonun loyihasida aynan şu xavotirlar ham inobatga olingan. Unda yangi tartib bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilangan. Yani qonun kuçga kirguniga qadar rasmiylaştirilgan barça hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qoğozlar va boşqa rasmiy blankalar öz kuçini saqlab qoladi.
Davlat organlari binolaridagi peşlavhalar, ramziy belgilar va boşqa atributlar ham belgilangan muddatgaça almaştirilmaydi. Bu yondaşuv davlat byudjetiga ortiqça yuk tuşişining oldini oliş va ötiş jarayonini bosqiçma-bosqiç amalga oşirişni nazarda tutadi.
Uşbu loyihaning taqdiri qanday keçadi, Senat uni tasdiqlaydimi yöqmi, haliça nomalum. Ammo, yoşlarni “çalasavodlikda” ayblaşdan oldin, foydalanişga qulay alifboni yaratiş har ikki tomon uçun ham foydali böladi nazarimda.
Erdoğan mehmonlariga qurol sovğa qildi
Turkiya poytaxti Anqara 7–8 iyul kunlari NATO tarixidagi 36-sammitga mezbonlik qildi. 32 davlat rahbari va hukumat vakillari, NATO Boş kotibi Mark Ryutte, Yevropa Ittifoqining yuqori martabali amaldorlari hamda AQŞ Prezidenti Donald Tramp iştirok etgan uçraşuv alyansning sönggi yillardagi eng muhim yiğilişlaridan biri böldi. Rossiya-Ukraina uruşi, Yaqin Şarqdagi vaziyat, mudofaa xarajatlari va transatlantik xavfsizlik masalalari yana kun tartibiga kötarildi.
Sammit yakunlari böyiça NATO davlatlari kollektiv mudofaa majburiyatlariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Alyans qaysidir manoda Rossiya bilan yaqin orada murosa qiliş niyati yöqligini tan oldi va Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun 70 milliard dollar ajratişga kelişib olindi. Bundan taşqari azo davlatlar “öz törvasini özlari kötarişi kerakligini tan olib” mudofaa salohiyatini oşiriş böyiça yangi kelişuvlarni ilgari surildi.
Şu bilan birga, mudofaa sanoatidagi hamkorlikni kuçaytiriş va işlab çiqariş zanjirlarini kengaytirişga alohida etibor qaratilib, 50 milliard yevrolik yangi harbiy xarid şartnomalari imzolandi.
Tadbir yakunida mezbon davlat rahbari Erdoğan öz ittifoqdoşlarini ajoyib sovğalar bilan siyladi. Erdoğanning NATO yetakçilarining har biriga Turkiyada işlab çiqarilgan hamda nomlari öyib yozilgan “357 Magnum” revolverini va öqlar töplamini sovğa qilgani köplab muhokamalarga sabab böldi. Yoğoç qutiga joylangan qurol ustida Turkiya bayroği, NATO ramzi hamda qabul qiluvçining ismi aks ettirilgan edi. Kimdir bu Turkiya Yevropani qurol bilan taminlaşga tayyor ekanligini ifodalovçi ramziy işora sifatida tadbiq etmoqda.
Bunga köra, beminnat yordamlarini uzib qöygan AQŞga javoban yangi taminotçi sifatida aynan Anqara siyosiy maydonga çiqişga urinmoqda. Uning bugungi kunda, dron va boşqa aviatsiya texnologiyalari sohasida erişayotgan yutuqlari bu pozitsiyani egallaşda katta yordam berişi mumkin. Boşqa bir fikrlarga köra, sovğa qilingan töpponçalar, ittifoqçilarni öz-özini kuçaytirişga çorlov bölişi mumkin. Yani, oldingi kollektiv mudofaa tizimidan voz keçib, har bir davlat öz qurolli kuçlarini himoya qilişi va bunda ularga Turkiya yordam berişi eng ideal stsenariy sifatida taqdim etilmoqda. Qaysidir manoda ikki qaraşda ham jon bor va ikki yondaşuvning ham asosida Anqaraning taşkilotning navbatdagi yetakçi roliga ambitsiyalari yotadi.
Bundan taşqari, mehmonlarga Prezidentning siyosiy faoliyati haqida hikoya qiluvçi “The Politics of Courage: Erdoğan and the Rise of Türkiye” (“Jasorat siyosati: Erdoğan va Turkiyaning yuksalişi”) nomli kitob ham topşirildi. Bu sovğa esa, Erdoğanning siyosiy yölini boşqalarga örnak qilib körsatişga uriniş sifatida tatbiq etilmoqda.
Bu galgi sammitning yana bir qiziq jihati, Anqara aholisi bu mezbonlikdan mamnun emas edi. Sammit oldidan taşkil etilgan namoyişlarda 100 dan ortiq taşkilotçi partiya azolari hibsga olingan. 5 iyul kuni Turkiya Kommunistik partiyasi Anqarada NATOga qarşi ommaviy miting ötkazişga çaqirgan.
“Bugun Turkiyaning turli hududlarida NATOga qarşi norozilik bildiriş uçun yiğildik. Biz Anqarani NATO tarafdorlariga topşirmasligimizni, poytaxt sukut saqlaşiga yöl qöymasligimizni aytgan edik. Bu vadamizni bajardik”, degan Turkiya Kommunistik partiyasi boş kotibi Kamol Okuyan.
“The Guardian” naşriga köra, Turkiya hukumati NATO sammiti arafasida Anqara böylab deyarli ikki haftalik ommaviy yiğiliş va namoyişlarni taqiqladi. 28 iyundan 10 iyulgaça kuçga kirgan çeklovlar doirasida yurişlar, mitinglar, matbuot bayonotlari va oçiq yiğilişlar ötkazişga ruxsat berilmadi.
Şaharga minglab politsiyaçilar safarbar qilindi, ayrim metro bekatlari vaqtinça yopildi va xavfsizlik çoralarining eng yuqori darajasi joriy etildi.
Noroziliklarga qaramay NATOning 36-sammiti muvaffaqiyatli yakunlandi. Köplab xalqaro kuzatuvçilar nazarida esa eng katta muvaffaqiyat aynan Turkiyaga nasib etdi.
Belarusga taşrif
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8–9 iyul kunlari rasmiy taşrif bilan Belarusda böldi. Minskdagi muzokaralar yakunida ikki davlat örtasidagi munosabatlar yangi bosqiçga, Strategik şeriklik bosqiçiga olib çiqildi. Bundan taşqari, özaro savdo hajmini yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkaziş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş hamda mehnat migratsiyasi böyiça ham yangi kelişuvlarga erişildi.
Özbekiston Prezidentini Minsk xalqaro aeroportida Belarus Boş vaziri Aleksandr Turçin va boşqa rasmiylar kutib oldi.
Taşrifning dastlabki kunida Şavkat Mirziyoyev Ikkinçi jahon uruşida halok bölganlar xotirasiga bağişlangan “Ğalaba” monumenti poyiga gulçambar qöyib, uruş qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Rasmiy kutib oliş marosimi Mustaqillik saroyida bölib ötdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi, faxriy qorovul saf tortdi. Şundan söng Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukaşenko tor doiradagi hamda delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralarni ötkazdi.
Uçraşuv doirasida Özbekiston va Belarus örtasida Strategik şeriklik töğrisidagi qöşma deklaratsiya imzolandi. Uşbu hujjat ikki mamlakat hamkorligini siyosiy muloqot, iqtisodiyot, sanoat, transport, qişloq xöjaligi, talim, madaniyat va boşqa yönalişlarda yangi bosqiçga olib çiqişni nazarda tutadi.
Muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik ham alohidan öringa ega. Tomonlar yaqin yillarda özaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça kelişib oldi. Bunga erişiş uçun sanoat kooperatsiyasi loyihalarini köpaytiriş, qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqariş, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, elektrotexnika va logistika yönalişlarida yangi qöşma korxonalarni işga tuşiriş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, hududlararo aloqalarni kengaytiriş, transport yölaklarini rivojlantiriş hamda ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi hamkorlikni faollaştiriş masalalari ham kun tartibidan örin oldi. Muzokaralar yakunida hukumatlar, vazirlik va idoralar örtasida qator hujjatlar imzolandi.
OAV vakillari uçun berilgan qöşma bayonotda Şavkat Mirziyoyev erişilgan kelişuvlar Özbekiston–Belarus munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişini takidladi. Uning qayd etişiça, tomonlar nafaqat savdo-iqtisodiy aloqalarni, balki investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, talim va madaniy-gumanitar hamkorlikni ham kengaytirişga kelişib oldi.
Aleksandr Lukaşenko esa Özbekistonni Belarusning eng yaqin va işonçli hamkorlaridan biri sifatida baholadi. U ikki davlat iqtisodiyoti bir-birini töldirişini takidlab, sanoat, qişloq xöjaligi va maşinasozlik sohalarida hamkorlik uçun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Taşrif davomida mehnat migratsiyasi masalasi ham alohida etibor markazida böldi. Aleksandr Lukaşenko Belarus iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarida malakali işçi kuçiga ehtiyoj yuqoriligini aytib, özbekistonlik fuqarolarni mamlakatda işlaşga taklif qildi.
“Vitebsk viloyati haqida köp gapirildi. Özbekistonda suv yetişmaydi. Yer ham köproq bölsa yaxşi bölardi. Bizda, Belarusda, buning barçasi bor. Bazan işçi kuçi yetişmaydi. Biz özbek oilalari Belarusga kelib, şu yerda joylaşişini, zarur bölsa, tibbiy yordam olişini, talim olib, rivojlanişini istardik. Bu Belarus yerlari böşab qolmasligi uçun bizga juda zarur”, degan u.
Qisqa qilib aytganda, Belarusga taşrif qator savdo imkoniyatlari va diplomatik aloqalarni yaxşiladi. Strategik şeriklik maqomidagi davlatlar soni yana bittaga ortdi.
Suriya işonç qozonmoqda
Ön yildan ortiq davom etgan uruş, xalqaro sanktsiyalar va diplomatik yakkalanişdan söng Suriyaning yangi hukumati asta-sekin işonçga kirmoqda.
Sönggi bir hafta içida yuz bergan uçta muhim voqea – Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronning Damaşqqa taşrifi, Suriya rahbari Ahmad aş-Şaraning NATO sammitida iştirok etişi hamda AQŞning mamlakatni terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatidan çiqariş niyatini bildirişi – Damaşqning xalqaro maydondagi mavqei sezilarli darajada özgarayotganini körsatmoqda.
Birinçi muhim qadam Frantsiya tomonidan taşlandi. Emmanuel Makron Damaşqqa taşrif buyurib, Başar Asad hokimiyati qulaganidan keyin Suriyaga borgan ilk yirik Ğarb davlati rahbariga aylandi. Taşrif davomida Makron Ahmad aş-Şara bilan muzokaralar ötkazdi, ikki davlat örtasida diplomatik aloqalarni tiklaş va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Frantsiya soğliqni saqlaş, infratuzilma, aviatsiya va moliya sohalarida hamkorlikni yölga qöyişga tayyorligini bildirdi. Şu bilan birga, frantsuz kompaniyalari Suriyani tiklaş loyihalarida iştirok etişga qiziqiş bildirayotgani ham malum qilindi.
Albatta Makronning taşrifi şunçaki ezgu maqsad yölidagi döstona qadam emas edi. Suriyaning neft va tabiiy gaz konlari uzoq vaqtdan beri ğarbning nazoratidan çiqib ketgan edi. Aş-Şaraning sönggi vaqtlarda olib borayotgan siyosati esa Damaşqni xalqaro investorlar uçun yana qiziqarli iqtisodiy maydonga aylantirmoqda.
Ikkinçi muhim voqea Turkiyada bölib ötgan NATO sammitiga Ahmad aş-Şaraning taşrif buyurişi böldi. Suriya rahbari alyans yiğilişiga taklif qilindi va Anqarada qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi. Bir neça yil avval xalqaro maydonda deyarli yakkalangan Damaşq rahbari uçun NATO sammiti doirasida iştirok etişning özi siyosiy jihatdan muhim qadam deyiş mumkin. Bu Ğarb davlatlari Suriyaning yangi rahbariyati bilan muloqot qilişga tayyor ekanini anglatadi.
Sammitdagi eng etiborli uçraşuv esa Ahmad aş-Şara va Donald Tramp örtasida bölib ötdi. Muzokaralardan söng Tramp jurnalistlar savoliga javoban Suriyani AQŞning terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatidan çiqarişi mumkinligini bildirdi. Uning sözlariga köra, yangi Suriya rahbariyati mamlakatni barqarorlaştiriş yölida sezilarli işlarni amalga oşirmoqda.
“Men mamlakatingizni qayta tiklaşga tösqinlik qilayotgan barça tösiqlarni olib taşlaşga vada bergan edim va juda yaqin vaqt içida siz nihoyat buni amalga oşira olasiz. Bizda Suriyaga sarmoya kiritişga tayyor turgan amerikalik kompaniyalar bor va ular mamlakatingizni har qaçongidan ham buyukroq va farovonroq qilişga yordam beradi”, deb yozgan Tramp.
Suriya 1979 yildan buyon AQŞning terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatida bölib kelmoqda. Uşbu maqom mamlakatga nisbatan xorijiy yordam, mudofaa eksporti, moliyaviy operatsiyalar va investitsiyalar böyiça qator çeklovlarni keltirib çiqargan edi. Agar Vaşington mazkur qarorni rasman tasdiqlasa, Suriyaning xalqaro moliya tizimiga qaytişi, xorijiy investitsiyalar oqimi va uruşdan vayron bölgan infratuzilmani tiklaş jarayoni sezilarli darajada tezlaşişi mumkin. Ammo bunga Suriyaning özi tayyormi degan savol hanuz söroq ostida qolmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Suriyada hali vaziyat töla önglanmagan bölsa-da, aş-Şara mamuriyati asta-sekin xalqaro maydonda işonç qozonmoqda. Ammo bu yaxşi munosabatlar qaçongaça davom etadi, hali nomalum.