Koreyaga işga yuborişni vada qilgan şaxs qariyb $22 ming bilan uşlandi
Namangan viloyatida fuqarolarni Janubiy Koreyaga işga yuborişni vada qilgan şaxs ulardan 21 850 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Uyçi tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Uçqörğon tumani suv yetkazib beriş xizmati” davlat muassasasi haydovçisi A.S. 5 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga işga yuborişni vada qilgani aniqlangan.
Malum bölişiça, u uşbu vada evaziga fuqarolardan jami 21 850 AQŞ dollarini olib, firibgarlik yöli bilan özlaştirgan.
Mazkur holat yuzasidan A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida uç nafar fuqaroni Germaniyaga işga yuborişni vada qilib, ulardan qariyb 20 ming AQŞ dollari va 2 million söm olgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgandi.
Şuningdek,Toşkentda fuqarolarni Germaniyaga işga yuborişni vada qilgan şaxslar uşlangan edi.