USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

119 марта
Bojxonachilar yil boshidan buyon salkam 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ydi, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Jumladan, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona postida zargarlik buyumlarini qonunga xilof tarzda olib kirishga bo‘lgan qator urinishlar fosh qilindi.


Bangkokdan uchib kelgan yo‘lovchilardan biri yuklari orasidagi shirinliklar ichiga qiymati 180 mln so‘mdan oshiq bo‘lgan 121 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirgancha olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Toshkent-Istanbul reysi bo‘yicha uchib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi ham bagajidagi yuklari orasida qiymati 350 mln so‘mlik 370 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirib olib kirayotganida fosh qilindi.
Bokudan kelgan yo‘lovchilar orasida ham qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tilla taqinchoqlarni bojxona nazoratiga taqdim qilmasdan olib o‘tishga uringan shaxs borligi aniqlandi. Qo‘shni davlat fuqarosi bo‘lgan mazkur yo‘lovchi qiymati salkam 130 mln so‘mlik hamda olmos toshlari bilan bezatilgan 74 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga uringan. 
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Raqamlarga ko‘ra, respublika bojxonachilari tomonidan 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 252 ta bojxona qonun buzilishi holatlarida qiymati 24,3 mlrd so‘mlik salkam 40 kg og‘irlikdagi zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari olib noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan. 
Maʼlumot uchun, jismoniy shaxslar 2025-yilning 20-iyulidan shaxsiy ehtiyoj uchun mo‘ljallangan zargarlik buyumlarini notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari doirasida olib kirishlari mumkin. 

Mazkur norma havo transportida — 1000 dollar, temir yo‘l va daryo transportida — 500 dollar hamda avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali  — 300 dollarni tashkil qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: