Interpol qidiruvidagi erkak Polşadan Özbekistonga qaytarildi
Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan Özbekiston fuqarosi F.V. Polşadan Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, fuqaroning Özbekistonga qaytarilişi Özbekistonning Polşadagi elçixonasi tomonidan körilgan taşkiliy-diplomatik çoralar hamda Polşa Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilgan. Qaytariş operatsiyasi Özbekiston Içki işlar vazirligi huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan taşkil etilgan.
Qayd etilişiça, 1988 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan F.V. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Interpolning qizil bildirişnomasi asosida xalqaro qidiruvda bölgan.
Şundan söng u Özbekiston Interpol xodimlari hamrohligida Varşavadan Toşkentga olib kelingan.
Elçixona vakillariga köra, mazkur amaliyot xorijdagi Özbekiston fuqarolari manfaatlarini himoya qiliş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda xalqaro qidiruvdagi şaxslarni vatanga qaytariş böyiça olib borilayotgan tizimli işlarning navbatdagi natijasi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq öta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan va xalqaro qidiruvda bölgan bir neça şaxs Birlaşgan Arab Amirliklaridan Özbekistonga ekstraditsiya qilingan edi.