Piyodani urib yuborişiga sal qolgan Tesla haydovçisiga çora körildi
Toşkentdagi Parkent bozori röparasida joylaşgan çorrahadan öta yuqori tezlikda harakatlanib, piyodani urib yuborişiga sal qolgan Tesla haydovçisi aniqlandi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda haydovçining çorrahadan yuqori tezlikda ötib, piyodani urib yuborişiga sal qolgani aks etgan. Ötkazilgan suriştiruvlar davomida haydovçining şaxsi aniqlanib, unga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-3moddasi (Transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi) asosida mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Şuningdek, avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Töplangan hujjatlar Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida körib çiqilgan. Sud qarori bilan haydovçi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 25 baravari, yani 10 million 300 ming söm miqdorida jarimaga tortilgan.
Şuningdek, jazo muddati tugagaç, haydovçilik guvohnomasini qayta oliş uçun u avtomaktabda nazariy va amaliy maşğulotlarni töliq ötaşi hamda nazariy imtihonda 50 ta savoldan kamida 46 tasiga töğri javob berişi talab etiladi.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati uşbu haydovçining qoidabuzarliklari oqibatida jabrlangan fuqarolar bölsa, yaqinidagi içki işlar organiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilişni söragan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda Tracker 6 yoşli bolani bosib ketişi oqibatida bola voqea joyida vafot etgan edi.