USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda narkotik tarqatib yurgan “zakladçik” uşlandi

71 марта
Тошкентда наркотик тарқатиб юрган “закладчик” ушланди

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida “zakladka” usulida narkotik tarqatgan şaxs uşlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, tezkor tadbir davomida IIO xodimlari Uçtepa tumanining 24-mavzesida şubhali harakat qilayotgan fuqaroni kuzatuvga olgan. Töxtatilgan gumonlanuvçi közdan keçirilganda, uning yonidan kök izolyatsion lentaga öralgan 12 dona nomalum modda topilgan.

Şundan söng, gumonlanuvçining avtomobili ham tekşirilib, avtomobildan yana 18 dona xuddi şunday öram aniqlangan. Dastlabki suriştiruvlar davomida uşbu şaxs tomonidan Uçtepa tumani hududida “zakladka” usulida yaşirib qöyilgan yana 18 dona sintetik giyohvandlik moddasi topilib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Şuningdek, gumonlanuvçining telefoni tekşirilganda, narkotik moddalar yaşirilgan joylarning suratlari va koordinatalari aniqlangan. Natijada jami 49 dona sintetik giyohvandlik vositasining noqonuniy tarqatilişining oldi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni Telegram messenjerida turli xil nomdagi botlar orqali sotib kelgan sobiq professional futbolçi qölga olingandi.

Dilnura Urinova

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: