Departamentning soxta xodimi fuqaro va tadbirkordan pul undirdi
Özini Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimi sifatida taniştirib, fuqaro va tadbirkordan pul undirmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Malum qilinişiça, departamentning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro Ş.N. fuqaro S.N. ga özini departament xodimi deb taniştirib, fuqaro N.Ş. dan muqaddam tezkor tadbirda aşyoviy dalil sifatida olingan umumiy bahosi 462,9 million sömlik 292 dona zargarlik buyumlarini qaytarib olib berişi va N.Ş. ni jinoiy javobgarlikdan ozod qilib berişi evaziga 2 500 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Şuningdek, Ş.N. Guliston şahridagi umumiy ovqatlaniş şoxobçalaridan birida 337 ming sömlik tölovni bermaslik maqsadida özini departamentning Guliston şahri bölimi boşliği deb taniştirib, umumiy ovqatlaniş şoxobçasining faoliyati yuzasidan tekşiruv ötkazib, yoptirib yuboriş bilan tahdid qilgani aniqlangan. Tekşiruvda Ş.N. tomonidan 2 500 AQŞ dollari va 337 ming söm hisobidan 1,2 million sömning qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro A.A. özini Boş prokuratura xodimi sifatida taniştirib, bir neçta fuqaroning mol-mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangandi.