Jizzaxda 3 qiz suniy hovuzda çökib ketib, vafot etdi
Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumanida suniy hovuzga çömilişga tuşgan 3 nafar voyaga yetmagan qiz çökib ketib, vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov malum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 17 iyul kuni soat 13:00 lar atrofida yuz bergan. Mirzaçöl tumani “Paxtazor” MFY hududidagi fermer xöjaligi yer maydonida tomçilatib suğoriş uçun qazilgan suniy hovuzga çömiliş uçun tuşgan 3 nafar voyaga yetmagan qiz çökib ketib, vafot etgan. Ularning ikki nafari 17, yana biri esa 15 yoşda bölgan.
Vafot etgan qizlarning ölim sababini aniqlaş uçun sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilgan. Tuman sud-tibbiy ekspertiza filialining dastlabki xulosasiga köra, ularning ölimiga yuqori nafas yöllarining suv bilan tösilişi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfektsiya sabab bölgan.
Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaçöl tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatidagi Zarafşon daryosiga çömiliş maqsadida borgan 3 nafar voyaga yetmagan bola çökib ketib, vafot etgan edi.