USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda BYD’ni turtib olgan kurer kaltak yedi

112 марта
Тошкентда BYD’ни туртиб олган курьер калтак еди

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Uçtepa tumanida BYD avtomobili haydovçisi kureriga qöl kötargani aks etgan video tarqaldi. Uşbu holat yuzasidan haydovçiga nisbatan qonuniy çora körildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa joriy yil 19 iyuldan 20 iyulga ötar keçasi “Vatan” çorrahasida sodir bölgan. Skuter boşqargan kurer va avtomobil haydovçisi örtasida tortişuv kelib çiqqan. Haydovçining aytişiça, kurer yöl harakati vaqtida etiborsizlik qilgan. Şu sababli ular örtasida töqnaşuv xavfi yuzaga kelgan, ammo yöl-transport hodisasi sodir bölmagan.

Şundan söng, ikki tomon örtasida janjal kelib çiqqan. Haydovçi suhbat davomida asabiy holatda kurerni bir marta urganini tan olgan hamda keyinçalik undan uzr söragan.

“Men örtoğimning maşinasini olgandim. Yaşil çiroq yonib turgan paytda çorrahadan qayrilayotgan edim. Şu vaqtda skuter qizil çiroqda harakatlanib keldi. Men öng tomonga buriliş çiroğini yoqqan edim. U esa buni körmagan holda kelib, avtomobil orqa qismiga urilib ketdi. Baribir maşina özimniki emasdi, şuning uçun bu holat uçun özimni masul deb his qildim. Şu sababli asabiylaşib, unga közingga qaramaysanmi? deb aytib qöydim. Qizil çiroqqa çiqib kelgani uçun yölga etiborli bölib harakatlanişini, özini ehtiyot qilişini aytmoqçi bölgan edim. Lekin jahl ustida notöğri iş qilib qöydim va uni urib yubordim. Bu işim uçun skuterdagi yigitdan ham, atrofdagi aholidan ham uzr sörayman”, deydi haydovçi.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan haydovçiga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning bir neçta moddalari bilan hujjatlar rasmiylaştirilib, qonuniy qaror qabul qiliş uçun tuman sudiga yuborilgan. Haydovçi öz tuşuntirişida voqea qanday sodir bölganini aytgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 iyul kuni Toşkent şahrida nomalum şaxs avtomobili bilan boşqa haydovçining yölini tösib, unga qölidagi töpponça bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: