USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qöqonda 4 ösmir mast erkakni urib, uning 9 ming dollarini tortib oldi

144 марта
Қўқонда 4 ўсмир маст эркакни уриб, унинг 9 минг долларини тортиб олди

Farğona viloyatining Qöqon şahrida fuqaroning 9 ming AQŞ dollari bölgan hamyonini kuç işlatib olib ketganlikda gumonlanayotgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 12 iyul kuni şaharning Alişer Navoiy mavzesida sodir bölgan. Mast holatda ketayotgan fuqaro avvaldan taniş bölgan tört nafar ösmir tomonidan töxtatilgan.

Gumonlanuvçilar unga tan jarohati yetkazib, içida 9 ming AQŞ dollari bölgan hamyonini olib ketgan. Şundan söng, ular jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan pullarni özaro taqsimlab, voqea joyidan yaşiringan.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur mablağlarning bir qismi – 700 AQŞ dollari hamda 780 ming söm aşyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvçilardan ikki nafari protsessual tartibda uşlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi ofislarning biridan 880 million sömni öğirlab ketgan şaxs qölga olingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: