USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentdagi bankdan 90 ming dollar öğirlandi

119 марта
Toşkentdagi bankdan 90 ming dollar öğirlandi 

Toşkentning Yaşnobod tumanidagi bankdan bir guruh şaxslar 90 ming dollarni öğirladi.

IIV matbuot xizmatining xabar qilişiça, 18-iyun kuni Yaşnobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği nomiga “Tenge bank” çakana xizmatlar körsatiş bölimi boşliği ariza bilan murojaat qilgan. Unda nomalum şaxslar tomonidan 90 ming AQŞ dollari miqdorida pul mablağlari talon-toroj qilinganini bildirgan.

Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida şu kunning özida bir neça şaxslar bank kassasiga mijoz sifatida taşrif buyurib, bank kartasida mavjud 90 ming dollarni naqdlaştiriş maqsadida POS-terminalga yolğon axborot kiritiş yöli bilan şunça pulni olib ketgani aniqlangan.

Zudlik bilan tezkor-texnik tadbirlar amalga oşirilib, uşbu xatti-harakatlarni sodir etgan jinoiy guruhning barça azolari qölga olingan.

“Bank xodimidan kelişgan holda, bankka kirib, 90 000 AQŞ dollarini programma orqali yeçib oldik”, degan uşlanganlardan biri.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida 12 dona telefon apparati, POS-terminal, 9 dona bank kartalari, 1 670 000 söm va 36 495 dollar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Jami 9 nafar şaxs Jinoiy-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Ayni paytda holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: