Endi sotuvçi tovarni öz vaqtida yetkazmasa penya tölaşi mumkin
29-05-2025, 06:08
184 марта

Senat majlisida sotuvçi şartnomada belgilangan muddatda tovarni iste’molçiga yetkazib bermaganda keçiktirilgan har bir vaqt birligi uçun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste’molçiga penya tölaşi taklif qilindi.
Biroq bunda penyaning umumiy summasi topşirilmagan tovar bahosidan oşib ketmasligi kerakligi aniq belgilab qöyiladi.
Keltirilişiça, 2024 yilda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga iste’molçilardan kelib tuşgan 30 070 ta murojaatlarning 4 213 tasida sotuvçilar tomonidan tovarlar (avtomobil, maişiy texnika, tayyor ovqat, mebel va boşqalar)ni kelişilgan muddatlarda yetkazib berilmaganligidan norozi bölgan.
Şuningdek, birgina avtomobil oldi-sotdisi böyiça şartnomalarda körsatilgan muddatlarga rioya etilişi tizimli ravişda örganilganda 5 332 ta holatda sotuvçilar tomonidan avtomobillarni yetkazib beriş muddatlari buzilişi aniqlangan.