USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi

285 марта
Nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi

Prezident qarori[PQ-194]ga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:

▫️fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;


▫️ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;

▫️nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.

2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT "Xalq banki" tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: