USD: 11,934 so'm EUR: 13,592 so'm RUB: 153 so'm GBP: 15,809 so'm CNY: 1,756 so'm KZT: 25 so'm TRY: 256 so'm AED: 3,249 so'm USD: 11,934 so'm EUR: 13,592 so'm RUB: 153 so'm GBP: 15,809 so'm CNY: 1,756 so'm KZT: 25 so'm TRY: 256 so'm AED: 3,249 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda

88 марта
IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun jarima miqdorlari oshirilmoqda

O‘zbekistonda IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jarima BHMning 5 baravaridan (amalda 1 baravari) 12 baravarigacha etib o‘zgartirilyapti. 

Shuningdek, ko‘mirni oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Qonun Senatda ma’qullandi.

Senatning yettinchi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun ma’qullandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda huquqbuzarlar tomonidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash borasida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ortgan.

Xususan, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq 2021 yilda 56 474 ta, 2022 yilda 88 401 ta, 2023 yilda 88 988 ta, 2024 yilda 85 278 ta ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan.

Shu bois, muhokama qilinayotgan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga:

Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5(amalda 1) baravaridan 12 baravarigacha miqdorda;
  xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravaridan 30 (amalda 15) baravarigacha miqdordajarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, ko‘mir mahsulotlarini oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda ko‘mir mahsulotlarini talon-toroj qilish holatlari 68 tani tashkil etib, bunda 153,5 tonna ko‘mir, 2023 yilda 142 ta holatda 262 tonna, 2024 yilda 154 ta holatda 279 tonna ko‘mir talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.

Shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasiga alohida to‘rtinchi qism sifatida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilotlarning ko‘mir yoqilg‘isini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Ma’lumot uchun, talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: