Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

O‘zbekistonda avtomobildan chiqindi tashlaganlik uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin

Кўрилган: 257
O‘zbekistonda avtomobildan chiqindi tashlaganlik uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin 


O‘zbekistonda transport vositalaridan chiqindi tashlagan fuqarolar uchun javobgarlik kuchaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning 15-maydagi qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga transport vositalaridan chiqindi tashlaganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-1-moddasida belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlagan
        jismoniy shaxslarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (375 ming so‘mdan 1 million 125 ming so‘mgacha),
        yuridik shaxslarga esa 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 million 125 ming so‘mdan 1 million 875 ming so‘mgacha) miqdorda jarima qo‘llash belgilangan.
Agentlikning bildirishicha, dunyo tajribasida bunday huquqbuzarliklarga katta miqdorda jarimalar qo‘llaniladi. Shuning uchun O‘zbekistonda belgilangan jarima miqdorini ham ko‘paytirish, jazo chorasini kuchaytirish lozim (masalan, huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda BHMning 3-5 baravari, takroriy holatda esa 10-15 baravari — 3 million 750 ming so‘mdan 5 milllion 625 ming so‘mgacha).

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: