Voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgan inspektor 15 yilga qamaldi
Surxondaryoda voyaga yetmagan qiz bilan boğliq jinoyatda ayblangan sobiq içki işlar xodimiga sud hukmi öqildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati sudlari xabar berdi.
Mazkur iş avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda sobiq inspektorning 14 yoşli voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etgani haqidagi xabarlar tarqalişi ortidan jamoatçilik etiboriga tuşgan edi.
Keyinçalik holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilib, jinoyat işi sudga oşirilgan.
Jinoyat işlari böyiça Denov tuman sudining joriy yil 22 iyuldagi hukmiga köra, Denov tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimining voyaga yetmaganlar işlari böyiça sobiq inspektor-psixologi A. Rahmatov Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (nomusga tegiş) hamda 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan aybdor deb topilgan.
Sud hukmi bilan unga 2 yil muddatga içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 15 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. U jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaydi.
Sud malumotiga köra, hozirga qadar mazkur hukm yuzasidan şikoyat yoki protest kelib tuşmagan.
Şuningdek, iş taraflari qonunçilikda belgilangan tartibda sud hukmi ustidan şikoyat qiliş huquqiga egaligi bildirilgan. Agar apellyatsiya yoki protest kiritilsa, hukmning qonuniyligi, asoslanganligi va adolatliligi yuqori instantsiya sudi tomonidan körib çiqiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 14 yoşli qiz 4 kişi tomonidan zörlangani haqida xabar berilgan edi.