Surxondaryoda ota 9 yoşli qiziga mol tezagini yedirdi
Surxondaryoda 36 yoşli ota 9 yoşli qizini jazolaş maqsadida qiynab, unga tezak olib kelişini buyurdi hamda oğziga majburlab hayvon tezagini soldi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noxuş holat Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida sodir bölgan. Viloyat IIB ota tomonidan öz qiziga nisbatan tazyiq ötkazganligi holati örganilgan.
Joriy yilning 25 iyul kuni Qumqörğon tumani, “Xöjaqişloq” mahallasi hududida yaşovçi ayol huquq-tartibot organiga ariza bilan murojaat qilib, turmuş örtoği 1993 yilda tuğilgan Ç.B. tomonidan voyaga yetmagan qizini qiynaganligini malum qilgan.
Aniqlanişiça, ota, öz qizini qiynab, unga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etayotgani tasviri, 2025 yil 30 dekabr kuni olingan bölib, keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Holat yuzasidan Qumqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) 2- qismi "a" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi 36 yoşli Ç.B. protsessual tartibda uşlangan.
Bildirilişiça, ayni vaqtda jinoyat işi doirasida tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi “Rayyona kids” nodavlat maktabgaça talim taşkiloti tarbiyaçisi tarbiyalanuvçiga nisbatan qöpol munosabatda bölib, bolaning oğziga mato tiqib, qiynagan edi.