Soxta kadastr bilan davlatning yerini sotmoqçi bölganlar uşlandi
Farğona viloyatining Quvasoy şahrida yer maydonini rasmiylaştirib berişni vada qilib, fuqaroni çuv tuşirgan şaxslar foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, Departamentning Quvasoy şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqarolar S.Ğ. va X.S. özaro til biriktirib, fuqaro V.E. ga tuman hokimligi zaxirasidagi 32 sotix yer maydonini turar joy sifatida rasmiylaştirib berişni vada qilgan.
Ular işonç uyğotiş maqsadida soxta kadastr yiğma jildini tayyorlab bergan va buning evaziga 5 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Tekşiruv davomida uşbu mablağning 2 400 AQŞ dollari hamda 7,2 million sömi protsessual tartibda qaytarilgani malum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlaş, qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq yer rasmiylaştirib beriş evaziga jami 3,5 ming AQŞ dollari olayotgan ikki mansabdor uşlangani haqida xabar berilgan edi.