Farğonada mast haydovçi urib yuborgan YPX xodimi vafot etdi
Farğona viloyatida mast haydovçi YPX xodimini urib yubordi. Oqibatda oğir tan jarohati olgan serjant şifoxonada vafot etdi. Bu haqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 31 iyul kuni soat taxminan 23:30 larda Özbekiston tumani “Öqçi” MFY hududidan ötuvçi 40V064 avtomobil yölining 20-kilometrida 1996 yilda tuğilgan A.E. mast holda Spark rusumli avtomaşinani boşqarib kelayotgan bölgan. Şu vaqtda u tungi xizmatni olib borayotgan YPX xodimining töxtaş haqidagi qonuniy talabiga böysunmay, uni urib yuborgan. Jabrlanuvçi Farğona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori, serjant Hayitbek Karimjonov bölgan.
Oqibatda serjant Hayitbek Karimjonov oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib borilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u jonlantiriş bölimida vafot etgan.
“Uning ortidan qadrli onasi, suyukli ayoli, 2 nafar farzandlari qoldi”, deyiladi xabarda.
Farğona viloyati IIB rahbariyati va şaxsiy tarkibi marhumning oila azolari hamda yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirib, taziya izhor etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mirzo Uluğbek tumanida Onix hamda 3 nafar YPX xodimi boşqarib borayotgan mototsikl iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida bir nafar YPX xodimi halok bölgan edi.