Toşkentda mast yigit buvisi tengi ayolga şilqimlik qildi
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mast holatda keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan 22 yoşli yigit voqeaga guvoh fuqarolar tomonidan Içki işlar xodimlariga uşlab berildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea keça, 4 avgust kuni taxminan soat 05:30 larda “Şirinobod” mahallasi hududida sodir bölgan.
Malum bölişiça, 2004 yilda tuğilgan M.X. mast holatda keksa ayolga nisbatan nomaqbul harakat qilgan va voqea joyidan ketişga uringan. Biroq uni körgan fuqarolar uşlab qolib, içki işlar organlari xodimlariga topşirgan.
Holat yuzasidan Yaşnobod tumani Içki işlar organlari xodimlari tomonidan M.X. ga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 187-moddasi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini istemol qiliş) hamda 194-moddasi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari bilan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Töplangan hujjatlar esa qonuniy çora köriş uçun Jinoyat işlari böyiça tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar Uçtepa tumanidagi klinikalardan birida 26 yoşli tiş şifokori qabuliga kelgan 2008 yilda tuğilgan qizga şahvoniy şilqimlik qilgani haqida xabar berilgan edi.