Surxondaryoda 25 mlrd sömlik kreditni talon-toroj qilgan tadbirkorlar uşlandi
Surxondaryo viloyatida soxta hujjatlar yordamida 25 milliard sömlik kredit mablağlarini talon-toroj qiliş holati aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Malum qilinişiça, Departamentning Surxondaryo viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “T.K.“ MÇJ tasisçisi Ş.Ş. va boşqalar tijorat banklaridan birining Surxondaryo viloyati hududiy boşqarmasi bilan “I.“ MÇJ örtasida tuzilgan kredit şartnomasiga asosan garovda bölgan bino va inşootlarni soxta hujjatlar orqali takroran garovga qöygan.
Şundan söng ular Andijon viloyatidagi tijorat banklaridan biridan 25 milliard söm kredit ajratilişiga erişib, mablağlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda qalbakilaştirilgan guvohnoma va malumotnomalar yordamida 12 nafar fuqaro nomiga jami 783 million sömlik kredit rasmiylaştirgan şaxs qölga olingan edi.