Ikki viloyatda hokim yordamçilari imtiyozli kreditlarni talon-toroj qildi
Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamçilarining fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablağlarini özlaştirişi bilan boğliq holatlar foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Oltinköl tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “U.T.” va “Q.A.” MÇJlarning masul şaxslari, “Qayirma” MFY hokim yordamçisi hamda boşqalar özaro til biriktirib, fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytiriş uçun ajratilgan imtiyozli kredit mablağlarini özlaştirgani aniqlangan. Ular xizmat körsatuvçi korxonalar tomonidan amalda bajarilmagan işlarni hujjatlarda bajarilgandek rasmiylaştirib, 442,3 mln sömlik imtiyozli kredit mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Şuningdek, departamentning Mirzaobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Toşkent” MFY sobiq hokim yordamçisi va boşqalar mazkur mahallada yaşovçi 8 nafar fuqaroga ajratilgan 248 mln sömlik imtiyozli kredit mablağlarini taminotçi korxonalar orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.
Bundan taşqari, departamentning Andijon şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “L.A.” MÇJ rahbari A.K. va “Forobiy” MFY sobiq hokim yordamçisi fuqarolarga ajratilgan 163 mln sömlik imtiyozli kredit mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani malum bölgan.
Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatida omonat hamda kredit mablağlarini özlaştirgan şaxslar aniqlangandi.