USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Misrdan Özbekistonga C gepatitiga qarşi dorilarning 2025-yildagi birinçi partiyasi yuborildi

118 марта
Misrdan Özbekistonga C gepatitiga qarşi dorilarning 2025-yildagi birinçi partiyasi yuborildi 

Özbekiston elçixonasi taşabbusi bilan Misrdan C gepatiti kasalligiga qarşi dori vositalarining 2025-yildagi ilk partiyasi olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.


Takidlanişiça uşbu insonparvarlik loyihasi davlat rahbarining mamlakatda C gepatitini 100 foiz davolaş böyiça taşabbusi ijrosi doirasida amalga oşirildi.

Özbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyati örtasida ötkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati 114 829 AQŞ dollariga teng 31 ta qutida 7 440 dona bölgan C gepatitiga qarşi Sofosbuvir-400mg dori vositasini Özbekistonda beğaraz insonparvarlik kömagi sifatidataqdim etilişiga erişildi.
Mazkur dori vositalari 31-may kuni Uzbekistan Airways samolyotida Şarm aş-Şay—Toşkent reysi böyiça Özbekistonga olib kelindi.

Bu dori vositalari Özbekistonda C gepatitini 2030-yilga qadar bartaraf etiş böyiça milliy dasturga asosan Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş institutiga taqdim etiladi.
Özbekiston elçixonasi xabariga köra, 2023—2024-yillarda Misr hukumati tomonidan mamlakatga C gepatitiga qarşi kuraşiş uçun umumiy vazni 12,4 tonna Daclatasvir va Sofosbuvir dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik kömagi sifatida berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million AQŞ dollariga teng.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: