USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Yabloko”ni öyindan çiqarişdi

117 марта
“Яблоко”ни ўйиндан чиқаришди

Tinçlik va erkinlik uçun! Qörquvsiz hayot uçun!

Şu yilning sentyabr oyida uzoq kutilgan Rossiya Davlat Dumasiga saylov ötkazilişi rejalaştirilgan. 18–20 sentyabr kunlari mamlakat aholisi parlamentning yangi tarkibini belgilaşi kerak. Biroq saylovlar hali boşlanmasidan Putin mamuriyati alternativ xavflarni saylovdan yöqotiş payiga tuşgan. Şunçaki şiorini tinçlikka qaratgan “Yabloko” partiyasi ham bugun turli-tuman bahonalar bilan saylovdan çetlaştirildi.

Qiziği şundaki, avvalroq partiya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan röyxatdan ötkazilgan edi. Oradan bir neça kun ötib esa Oliy sud uning saylovdagi iştirokini bekor qildi. Bunga esa mualliflik huquqidan tortib, “ekstremizm” va xorijdan moliyalaştirişgaça bölgan bir qator davolar sabab qilib körsatilmoqda. Asl sabab esa aholining “olmaçilar” atrofida jipslaşişiga yöl qöymaslik körinadi. Uşbu maqolada “tinçlik” sözidan çöçib qolgan rus hukumati va mualliflik huquqlarini buzgan “Yabloko” partiyasi haqida gaplaşamiz.

Saylov va “Yabloko”

2024 yil 15–17 mart kunlari Rossiya prezidentligi böyiça ötkazilgan saylovda Vladimir Putin tarixiy rekord qayd etib, 87,28 foiz ovoz bilan mutlaq ğalaba qozongan edi. Bir qaraşda ikki yil oldin Ukrainaga qarşi uruş boşlagan prezident uçun qoyilmaqom körsatkiç, töğrimi? Ammo saylov ötkazildi degani, davlat demokratik degani emas. Prezidentlik saylovi ham xalqaro maydonda keskin tanqid qilingan. Yevropa va boşqa xalqaro taşkilotlar siyosiy raqobatning çeklangani, muxolifat vakillarining taqib qilinişi va saylov jarayonining erkinligi borasida jiddiy savollarni kötargan. Har holda suniy yaratilgan muxolifat heç qaçon natijalarga tasir qilmaydi.

Bu yilgi Davlat Dumasi uçun ötkazilayotgan saylov ham mana şunday “kutilmagan natijalarga boy” ötişi kutilmoqda. Negaki allaqaçon Putinning “Edinaya Rossiya” (“Yagona Rossiya”) partiyasiga qisman raqobat qila olişi mumkin bölgan “Yabloko” partiyasi allaqaçon turli vajlar bilan öyindan çiqarildi.

Qiziği, “Yabloko” Rossiya siyosatiga keça kirib kelgan partiya emas. Postsovet davrining eski liberal-demokratik partiyalaridan biri bölgan “Yabloko” uzoq yillardan beri siyosiy plyuralizm, inson huquqlari va demokratik islohotlarni yoqlab keladi. Şunga qaramay, bundan oldingi Davlat Dumasi uçun ötgan saylovlarda partiya yuqori körsatkiç qayd eta olmagan, ötgan 2021 yilgi saylovda ham federal röyxat böyiça 1,34 foiz ovoz töplagan edi.
Ammo 2026 yilgi saylov kampaniyasida asosiy urğu tinçlik örnatiş masalasiga qaratilişi partiyaning boşiga balo böldi. Tobora uruşni boy berayotgan rus hukumati yangi şiorlardan qörqib ketdi. “Tinçlik va erkinlik uçun! Qörquvsiz hayot uçun!”

Partiyaning bu yilgi saylovoldi dasturi atigi 43 sözdan iborat. Unda Ukrainadagi uruşni yakunlaş uçun öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv, diplomatiya va tinçlikka erişiş zarurligi ilgari surilgan. Yani “Yabloko” saylovçilarga iqtisodiy vadalardan iborat uzundan-uzun dastur emas, avvalo uruşni töxtatişga qaratilgan siyosiy yölni taklif qilgandi. Bu esa sönggi vaqtlardagi Ukrainaning mamlakat içkarisiga yönaltirgan dron hujumlaridan toqati tölgan aholi uçun nihoyatda muhim edi.

Partiya qisqa fursatda uruşga qarşi harakatning ramziga aylandi. Rossiya fuqarolari oçiq-oydin Ukrainadagi uruşga qarşi çiqa olişmas edi. Çunki, buning oqibati yaxşilik bilan tugamasligini bir neça bor guvohi bölişgan. “Yabloko” esa aholining uruşga qarşi kayfiyatini namoyiş etiş uçun yaxşi imkoniyat edi. Ammo Kreml har qanday xavfga qarşi jiddiy kuraş olib bormoqda.

Markaziy saylov komissiyasi 29 iyul kuni “Yabloko” röyxatini saylovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötkazgan edi. Ammo oradan köp ötmay, Kremlga yaqin millatçi “Rodina” partiyasi sudga murojaat qilib, “Yabloko”ni saylovdan çetlatişni talab qildi. Davolar orasida xorijdan yaşirin moliyalaştiriş, taqiqlangan tarmoqlardagi faoliyat, “ekstremizm” va mualliflik huquqining buzilişi kabi ayblovlar bor edi.

Bahonalar va sabablar

“Yabloko”ni saylovdan çetlatiş uçun keltirilgan vajlar röyxatiga qaralsa, suniy intellekt suratlaridan tortib, ekstremizmgaça topiş mumkin. Partiyaga qarşi davoni Rossiya parlamentidagi millatçi “Rodina” partiyasi ilgari surdi. Davolar orasida mualliflik huquqini buziş, saylovoldi taşviqoti qoidalarini buziş, xorijdan moliyalaştiriş va hatto ekstremizm hamda Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzişga undaş kabi ayblovlar bor edi. 10 avgust kuni Rossiya Oliy sudi “Yabloko”ni Davlat Dumasi saylovidan çetlatiş töğrisida qaror çiqardi. Qaror hali qonuniy kuçga kirmagan, partiya esa unga qarşi apellyatsiya şikoyati berişini bildirgan.

“Rodina”ning davosida “Yabloko”ning saylov kampaniyasida ÇatGPT yordamida yaratilgan tasvirlardan foydalangani ham mualliflik huquqi buzilişi sifatida körsatilgan. Davogar tomon bunday tasvirlardan foydalaniş neyrotarmoq egasi — OpenAI kompaniyasining huquqlarini buzganini takidlagan. Agar sudda kötarilgan davolarga işonadigan bölsak, ÇatGPT orqali surat yaratgan hamma mualliflik huquqlarini buzgan hisoblanişi kerak.

Ammo OpenAI’ning amaldagi foydalaniş şartlarida ham kompaniya bilan foydalanuvçi örtasidagi munosabatlarda, qonun ruxsat bergan darajada, foydalanuvçi ÇatGPT yaratgan kontentga egalik qilişi qayd etilgan. OpenAI özining media mahsulotidagi mavjud huquqlarini foydalanuvçiga beradi. Şu bilan birga, kompaniya suniy intellekt yaratgan natija mutlaqo noyob bölişiga kafolat bermaydi va undan foydalaniş uçun javobgarlik foydalanuvçining zimmasida ekanini ham belgilaydi.

Yani OpenAI’ning öz hujjatlarida “ÇatGPT yaratgan tasvirlarning barçasiga OpenAI mualliflik huquqiga ega” degan qoida yöq. Aksinça, amaldagi şartlarda Output’ga (kompyuterda tayyorlangan malumot) egalik masalasi foydalanuvçi foydasiga belgilangan.
Şu sababli, “Yabloko”ga qarşi işda ÇatGPT tasvirlari böyiça ilgari surilgan davo mutlaqo asossiz. Qolaversa, suddagi materiallarda OpenAI kompaniyasining özi uşbu tasvirlar yuzasidan “Yabloko”ga qarşi mualliflik huquqi davosi bilan çiqqanini körsatuvçi dalil taqdim etilmagani ham qayd etilgan.Mualliflik huquqi bilan boğliq yana bir vaj – 1945 yilgi Xirosima atom bombasi hujumidan keyingi holat aks etgan tarixiy surat.

“Rodina” bu suratdan foydalanişni AQŞ armiyasining mualliflik huquqlarini buziş deb baholagan. Biroq iş materiallari böyiça xabar bergan “The Insider” naşri davogar tomon suratning huquq egasi tomonidan berilgan biror şikoyatni körsatuvçi dalil taqdim etmaganini yozmoqda.

Bundan taşqari, “Yabloko” logotipi ham işga qöşib yuborildi. “Rodina” partiya logotipini sovet rassomi El Lisitskiyning 1920 yildagi “Qizil ponani oq ranglilarga ur” plakatidan köçirilgan, deb davo qildi. Biroq sudda Markaziy saylov komissiyasi bu fikrga qöşilmagan.

“Yabloko”ga qöyilgan mualliflik huquqi böyiça davolar şu bilan tugab qolgani yöq. Taşviqot işlarida sovet qöşiqlaridan “Pust vsegda budet solntse” (“Quyoş doim porlasin”) va “Liş bi ne bilo voyni” (“Faqat uruş bölmasa edi”) kabi iboralardan foydalanilgani bilan boğliq davolar ham bor edi. “Rodina” buni qöşiq mualliflarining huquqlarini buziş deb körsatdi.

Lekin birinçi qöşiq böyiça vaziyat davoning özidan ham qiziqroq çiqdi. “Pust vsegda budet solntse” qöşiğining musiqasini Arkadiy Ostrovskiy, sözlarini esa Lev Oşanin yozgan. Ostrovskiyning öğli Mixail Ostrovskiy esa “Yabloko”ning qöşiqdan foydalanişiga qarşi emasligini, aksinça, bunga ruxsat berişini bildirgan. Yani davo­da mualliflik huquqi buzilgani aytilayotgan bir paytda, muallifning oila azosi partiyaning undan foydalanişiga etirozi yöqligini malum qilgan.

Sizga bir savol bilan yuzlansam. Uruşni töxtatişga uriniş – ekstremizmmi?

“Rodina” partiyasi “Yabloko”ning Ukrainadagi uruşni zudlik bilan töxtatiş, tinçlik muzokaralarini boşlaş haqidagi pozitsiyasini Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzişga undaş va ekstremizm bilan boğladi. Davogar tomonning suddagi mantiğiga köra, Rossiya öziniki deb hisoblaydigan hududlarni “ozod qiliş”dan voz keçişga çaqiriş mamlakat yaxlitligiga xavf soliş hisoblanadi.

Bundan taşqari, Markaziy saylov komissiyasi ayrim nomzodlarda xorijiy moliyalaştirişga oid malumotlar borligini malum qildi. Partiya esa buni nomzodlarning xorijiy qimmatli qoğozlarini saylov oldidan sotişi kerakligi haqidagi talablar bilan izohladi. “Yabloko”, şuningdek, Rossiya fuqarolaridan xayriya olganini, bu fuqarolarning özlari esa xorijdan pul olgan bölişi mumkinligini tan oldi, biroq buni partiyaning xorijiy moliyalaştirilişi bilan tenglaştirişga qarşi çiqdi.

Davoda saylovoldi taşviqoti qoidalarining buzilgani ham körsatildi. Xususan, “Yabloko”ning Rossiyada bloklangan ijtimoiy tarmoqlardagi saylovoldi materiallari ham davogar tomon tomonidan qonunbuzarlik sifatida talqin qilindi.

Partiya rahbari Nikolay Ribakov sudda barça ayblovlarni inkor qildi va “Rodina” aslida partiyaning amaldagi hokimiyat kursidan farq qiladigan siyosiy pozitsiyasi va saylovoldi dasturini ayb sifatida körsatayotganini takidladi.

“Turli partiyalar bir xil jamoatçilik fikrini şakllantira olmaydi. Fuqarolarning fikrlari har xil va turli partiyalar uşbu fikrlarni ifodalaşi kerak. … Davogar vakillariga öldirilişni xohlamaydigan odamlar bizni qöllab-quvvatlayotganini qanday tuşuntirişni ham bilmayman”, dedi u.

Ribakov hatto öz pozitsiyasini Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tinçlik muzokaralari zarurligi haqidagi sözlari bilan taqqosladi. Uning takidlaşiça, agar prezident ham, “Yabloko” ham muzokaralar zarurligini aytayotgan bölsa, unda partiyaning aynan şu pozitsiyasini “ekstremizm” deb ataş noörin.

Qisqasi, “Rodina” partiyasi ortida turgan rus hukumati bugun har qanday yöl bilan aholining uruşni töxtatiş mafkurasi ostida birlaşişini istamaydi. “Yabloko” esa bu “qizil çiziqni bosib ötdi”. Endi partiyani ham ortga çekiniş niyati yöq. Ribakov sud qarorini apellyatsiyaga berişini va saylovga bu maşmaşalarni bartaraf etişini malum qilgan. Aholi ham “olmaçilar”ni qöllamoqda.

Xöş, endi Moskva nima qiladi?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: