Xorazmda 1,1 mlrd sömlik elektr ömarildi
Xorazm viloyatining Boğot va Xazorasp tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari foş etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Boğot tumanida ötkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor Ş.E.ga qaraşli korxona elektr hisoblagiçining ulaniş sxemasini özboşimçalik bilan özgartirib, 715,6 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Şuningdek, uşbu tumandagi “O.Ğ.” fermer xöjaligiga qaraşli suv nasoslarida ham qoidabuzarlik qayd etilib, buning oqibatida elektr taminoti korxonasiga 213,5 million sömlik zarar yetkazilgan.
Bundan taşqari, Xazorasp tumanidagi “R.S.” fermer xöjaligiga tegişli suv nasoslarida ham xuddi şunday holat aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu qoidabuzarlik oqibatida 171 million sömlik zarar yetkazilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy va Farğona viloyatlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan edi.