Toşkent hayvonot boğida şer va jayralarga toş otgan erkak jazolandi
Toşkent hayvonot boğida şer va jayralarga toş otgan erkak 2 mln 884 ming söm miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqda hayvonot boğining matbuot xizmati xabar berdi.
Içki işlar organlari profilaktika inspektori qaroriga köra, qoidabuzarga 2 mln 884 ming söm miqdorida jarima solingan. Şuningdek, u qilgan işi uçun uzr söragan.
Malum bölişiça, hodisa joriy yilning 13 avgust kuni sodir bölgan. Taşrif buyuruvçilardan biri şer va jayralarga toş ota boşlagan. Jayralar volyeri oçiq bölgani sababli, taşlangan toşlar hayvonlarga ham tekkan.
Hayvonot boği mamuriyatiga köra, erkakning xatti-harakatini uning farzandi ham takrorlagan va u ham hayvonlarga toş ota boşlagan. Bundan taşqari, taşrif buyuruvçi toşlar hayvonlarga tekkanidan söng qarsak çalib, bu holatdan mamnun bölganini namoyon etgan.
Şundan söng, videokuzatuv kameralari yozuvlari orqali qoidabuzarni aniqlaş işlari olib borilgan va unga nisbatan tegişli çoralar körilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq köproq kuzatuvçi yiğiş uçun muşuk bolasini baland tösiq orqali otgan yigit jazolangandi.