Kommentda odamlarni mitingga çiqişga çaqirgan erkak jazolandi
27-01-2026, 19:13
101 марта

Kommentda odamlarni mitingga çiqişga çaqirgan erkak jazolandi
Instagram ijtimoiy tarmoğidagi postning kommentida odamlarni mitingga çiqişga çaqirgan erkak 22,5 mln söm jarimaga tortildi.Hujjatda keltirilişiça, B.N. Instagram’da “ş.a.” nomli profilga 2025 yilning aprel oylarida joylangan “1 may hammasi oşyapti, svet-gaz uçun işlimiza” sarlavhali postning muhokamalar bölimiga öziga tegişli profildan ommaviy norozilikka çorlovçi fikrlarni yozgan.
“Man videolar kamentiga izohlar yozdim. Man gapiraman, talpa yiğililu didim, lekin heç kimni duxi yetmayapti. 10 ta tanişimni yiğib çiqaman, qöşiladiganlar bormi? Mani oilam, bolalarim bor, özim gapirib çiqişga öşançun duxim yetmidi, lekin hamma yonimda tursa man sökib çiqaman, gapim gap. Miting qilişga duxi yetadiganlar bölsa javob yozila, man yiğaman”, deb yozgan u.
Şundan söng B.N.ga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Joriy yilning 14 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Bektemir tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Unda B.N. aybiga iqror bölib, suddan yengillik söragan. U Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 201-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga bazaviy hisoblaş miqdorining 60 baravari miqdorida, yani 22 mln 500 ming söm jarima solingan.