USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda “zakladçik” bölib işlagan maktab öquvçisi uşlandi

101 марта
Тошкентда “закладчик” бўлиб ишлаган мактаб ўқувчиси ушланди

Rossiyadan Özbekistonga sintetik giyohvandlik vositalarini kontrabanda yöli bilan olib kirişni rejalaştirgan transmilliy jinoiy tarmoqqa aloqador bir guruh şaxslar qölga olindi. Ulardan katta miqdorda alfa-PVP va boşqa giyohvandlik vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilişiça, ötkazilgan tezkor tadbir davomida 2009 yilda tuğilgan, maktab öquvçisi bölgan voyaga yetmagan şaxs qölga olingan. Malum bölişiça, u internet-narkodökonda “omborçi” vazifasini bajarib kelgan va Rossiyadan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan giyohvandlik vositalarini Yandex xizmati orqali qabul qilgan.

Mazkur 17 yoşli bola Çilonzor tumanida harakatlanayotgan vaqtida uşlangan. Uning yonidagi arra uskunasi içiga yaşirilgan 180 gramm alfa-PVP aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Tezkor tadbir davomida voyaga yetmagan şaxsning 2 nafar şerigi ham Çilonzor tumanida giyohvandlik vositalarini yaşirilgan joydan olayotgan vaqtda qölga olingan.

Şuningdek, ularning Telegram akkauntlari tekşirilganda, oldinroq olti joyga “zakladka” usulida gaşiş moyi yaşirilgani aniqlangan va uşbu giyohvandlik vositalari ham aşyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov-qidiruv tadbirlari davomida 1992 yilda tuğilgan, internet-narkodökonda “omborçi” bölib işlagan yana bir şaxs ham qölga olingan. U giyohvandlik vositalarini Yandex xizmati orqali qabul qilib, yaşaş xonadoniga olib borayotgan vaqtda uşlangan.

Mazkur şaxsning uyidagi perforator içida yaşirilgan 500 gramm alfa-PVP, şuningdek, boşqa xonadonda yaşirilgan yana 50 gramm alfa-PVP aniqlangan.

Keyingi tezkor tadbirlar Yunusobod tumanida davom ettirilib, 1999 yilda tuğilgan, avval Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 3-qismi bilan sudlangan yana bir şaxs qölga olingan. U Telegram’dagi narkodökonda “omborçi” vazifasini bajargani va kurator körsatmasi bilan yaşirilgan joydan 500 gramm alfa-PVP’ni olgan vaqtida qölga olingan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan jinoiy harakat sodir etgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoroda 843 million sömlik “spays” musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: