Şirinlik fojiasi: özbekistonlik kelin öğirlab ketilgani malum böldi
Qozoğistonda eri bilan şirinlik sabab kelib çiqqan mojaro ortidan vafot etgan Madina Avezovaning onasi qizining oilaviy hayoti haqida gapirdi. Bu haqda “Qumaş.kz” xabar berdi.
Qayd etilişiça, marhumaning onasi advokat Inga Imanbay bilan birga bloger Jan Axmadiyevga intervyu bergan. Onaning sözlariga köra, Madiyar qizi Madinani 17 yoşida uyidan öğirlab ketgan. Öşa paytda qiz homilador bölgan.
“Qizim sevib qolgani uçun turmuşga çiqqan”, degan Madinaning onasi.
Uning aytişiça, hozir eng katta afsusi qizini öşa paytda uyiga qaytarib olmagani. Şuningdek, ayol Madinaning öz joniga qasd qilganiga işonmayotganini bildirgan.
Onasining sözlariga köra, qizining tanasida kökariş va tirnaliş izlari bölgan, soçlariga esa tuproq va somon yopişib qolgan. Şu sababli u politsiyadan voqeani har tomonlama tergov qilişni söragan.
Şuningdek, ayol qizining turmuşi rasmiy töy bilan boşlanmaganini aytgan. Uning sözlariga köra, oilalar örtasida na töy marosimi, na qudalik bölgan, faqat yuz oçiş marosimi ötkazilgan, xolos.
Bundan taşqari, marhumaning onasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan oilaning moddiy ahvoli haqidagi gap-sözlarni rad etgan. U Madiyar oilasiga muntazam ravişda yordam berib turganini malum qilgan.
Xususan, Madiyarning otasi qamoqqa tuşganida Madina onasidan 700 ming tenge söragan va ayol bu mablağni qiziga bergan. Bundan taşqari, Madina bir neça bor mebel va maişiy texnika xarid qiliş uçun yordam söragan. Tuğilgan kunida esa onasi qiziga muzlatgiç oliş uçun pul bergan.
Bloger Jan Axmadiyevning aytişiça, Madinaning yaqinlari uning buyumlarini erining uyidan olib ketmoqçi bölganida, ularga narsalar berilmagan. Qarindoşlariga bu buyumlar endi öşa oilaga tegişli ekani aytilgan.
Madina oiladagi yagona farzand bölgan. U joriy yilning 18 avgust kuni 19 yoşga tölişi kerak edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Madina şirinlik sabab eri bilan yuz bergan mojaro ortidan 19 yoşga tölmasidan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.