USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaynonasi va xotinini piçoqlab öldirgan erkakka sud hukmi öqildi

711 марта

Farğonada qaynonasi va xotinini piçoqlab öldirgan erkakka sud hukmi öqildi

Farğona viloyati Oltiariq tumanida xotini va qaynonasini öldirgan erkakka sud hukmi öqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar qildi.

Malum bölişiça, ayol birinçi turmuşi öxşamagaç, ikkinçi marta 2024 yilning iyul oyida şariy nikoh asosida oila quradi va 4 oy davomida eri bilan yaşaydi. Şu yilning noyabr oyida esa u janjal sababli farzandi bilan ota uyiga qaytgan. Öşa vaqtda ayol homilador bölgan.
Qotillik sodir bölgan kuni u onasi va voyaga yetmagan farzandi hamrohligida eri bilan yaşagan ijara uyiga buyumlarini oliş uçun borgan. Şu vaqtda erkak qaynonasi va ayoliga piçoq bilan oğir tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qoçib ketgan.

Bundan taşqari, qotillikka qöl urgan şaxs xotining xorijga çiqiş biometrik pasporti, ayolning birinçi turmuşidan bölgan qizining tuğilganlik haqidagi guvohnomasi va boşqa hujjatlarni bölaklarga bölib taşlagani aniqlangan.
Sud hukmi bilan ayblanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan 15 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: