USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Kosmos”dan özbekistonliklarga ogohlantiriş keldi

2 221 марта

“Kosmos”dan özbekistonliklarga ogohlantiriş keldi


Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi “Uzcosmos” Özbekiston Boş prokuraturasi hamda Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi dalalarda somon yoqayotganlar kuzatilayotgani va ular javobgarlikka tiortilişi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi xabar berdi. 

Malum qilinişiça, hozirda juda köp holatda respublika hududidagi boşoqli don ekinlaridan böşagan yer maydonlarida, somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqib yuboriş bilan boğliq minglab salbiy holatlar aniqlanmoqda. Bu esa minglab gektar serhosil maydonlarning unumdorligi pasayib, tuproq strukturasining buzilişi, yerlardagi foydali makro va mikroelementlarning yöq bölib ketişi, ekin hududlarining ball boniteti keskin tuşişi kabi ayançli oqibatlarga olib kelmoqda.

Şu sababli agentlik barça aholidan şu kabi noqonuniy holatlarga yöl qöymaslikni qatiy talab qilgan. 



Malumot uçun, mazkur huquqbuzarlik uçun Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi (atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya qilmaslik) 3-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobarigaça jarimalar qöllaniladi hamda yonğin sodir bölgan ğalla ekin maydonlarning har bir gektariga yetkazilgan zarar böyiça amaldagi tartib asosida iqtisodiy çoralar köriladi. Bunda zarar miqdori katta bölsa hattoki jinoiy javogarlikkaça olib borişi mumkin.

Qolaversa, bu kabi holatlar fermer xöjaligiga ajratilgan yerlardan foydalaniş va ularni muhofaza qilişda ekologik talablar va atrof-muhitni muhofaza qiliş qoidalariga rioya qiliş majburiyatlari bajarilmaganini ham ifodalaydi. Agentlikning qöşimça qilişiça, dalalarda somon yonişi suniy yöldoş orqali kuzatib borilmoqda va suratlar huquq-tartibot idoralariga tezkor uzatilmoqda. 

“Şu örinda qöştirnoq içidagi uddaburon fermer va tadbirkorlarga eslatib ötmoqçimiz. Respubilika miqyosida somon poyalari va ularning qoldiqlarini noqonuniy yoqiş bilan boğliq holatlar bevosita Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi “Özbekkosmos” tomonidan suniy yöldoş suratlari orqali kunlik monitoring qilib boriladi. Malumotlar esa huquq tartibot organlariga öz vaqtida taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: