1972 yilda uçirilgan «Kosmos-482»ning Özbekiston hududiga qulaşi ehtimoli baholandi
7-05-2025, 12:13
1 100 марта

1972 yilda uçirilgan «Kosmos-482»ning Özbekiston hududiga qulaşi ehtimoli baholandi
Bir muddat oldin bundan 53 yil oldin «Venera-8» missiyasi doirasida uçirilgan «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparatning yerga qulaşi bilan boğliq xabar berilgan edi.Bir qator manbalar uning geolokatsiyasi Osiyo yoki Markaziy Osiyo davlatlari hududiga töğri kelişi mumkinligini taxmin qilinmoqda.
Uzcosmos agentligi mutaxassisi mazkur kosmik apparatning Özbekistonga qulaşi ehtimolini tahlil qildi.
Agentlik bölim boşliği Ahror Agzamovning malum qilişiça, haqiqatdan 1972 yil 31 mart sanasida Sobiq Sovet Ittifoqining «Venera» dasturi böyiça «Kosmos-482» sayyoralararo kosmik apparati fazoga uçirilgan. Biroq raketa-taşuvçining yakuniy bosqiçi muvaffaqiyatsiz işlaşi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.
Taxminiy hisob-kitoblarga köra, apparatning yerga qulaşi 9-11 may kunlariga töğri kelişi mumkin.
«Kosmos-482»ning aniq qayerga qulaşini aytiş biroz muşkul. Uning Özbekiston hududiga tuşişining ehtimoli esa hozirça 0,3-0,5 foiz oraliğida baholanmoqda.
Apparatning katta qismi atmosferaga kirişi bilan yonib ketsa-da, Veneraning oğir şaroitlarida qöniş va işlaş uçun möljallangan yarim tonnaga (500 kg) yaqin massali titan şari alohida xavf tuğdiradi. Bu komponent yer atmosferasiga kirişda omon qoladi va butunlay qulab tuşadi. Paraşyut borligiga qaramay, koinotda 53 yil bölganidan keyin u işlamasligi mumkin. Yerga uriliş tezligi esa soatiga 500 km. gaça yetişi kutilmoqda», – deydi Ahror Agzamov.
Qayd etilişiça, bölaklar topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan rasmiylarga xabar beriş va heç qanday holatda apparat qoldiqlari bilan aloqada bölmaslik tavsiya etiladi, çunki ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bölişi mumkin.