Tojikistondan qariyb 14 kg “opiy” olib ötgan şaxslar uşlandi
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda Tojikistondan olib kelingan 13 kilogrammdan ortiq “opiy” moddasining noqonuniy aylanişiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida tezkor tadbirlar ötkazilgan.
Unda oldindan tezkor kuzatuvga olingan Toşkent şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxsning Sirdaryo tumanidagi vaqtinçalik yaşaş xonadonlari xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Şunda u yerda 1983 yilda tuğilgan Tojikiston fuqarosi va Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi, 1962 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan yana bir fuqaro ham borligi aniqlangan.
Suriştiruvlar davomida mazkur uç nafar şaxs qöşni Tojikiston Respublikasidagi narkokurerlar tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hududidagi yaşirin joyga qoldirilgan narkotik moddalarni olib, ularni sotiş va tarqatiş orqali katta miqdorda moddiy boylik orttiriş maqsadida özaro jinoiy til biriktirgani aniqlangan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, yaşirin joydan umumiy oğirligi 13 kilogramm 653 gramm “opiy” moddasi olinib, protsessual tartibda hujjatlaştirilgan. Bildirilişiça, hozirda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi ötkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 39 gramm gaşiş saqlagan va sotişga uringan şaxs uşlangan edi.