Farğonada 1 mlrd sömlik gaz öğirlandi
Farğona tumanida ovqatlaniş maskani tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaminot” AJ xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Hududgaz Farğona” Gaz taminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida Farğona tumanida nazorat tadbiri ötkazilgan.
Tekşiruv davomida tumanning “Böston” MFY, Yetti çinor köçasida joylaşgan ovqatlaniş maskani loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmoğiga töğridan-töğri ulangan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard sömlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan. Töplangan barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Qöqon şahrida novvoyxona tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangan edi.